Page 3 - "Green Investments and financial technologies: opportunities and challenges for Uzbekistan" International Scientific and Practical Conference
P. 3
“Yashil investitsiyalar va moliyaviy texnologiyalar: O‘zbekiston uchun imkoniyatlar va muammolar” mavzusida xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami (Toshkent, JIDU, 2025-yil 7-may)
УДК 338.2 / 336.7
ББК 65.291.4
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI
“Yashil investitsiyalar va moliyaviy texnologiyalar: O‘zbekiston uchun
imkoniyatlar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
to‘plami (Toshkent, JIDU, 2025-yil 7-may), 298 bet.
JIDU Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2025-yil 9-iyundagi 14-sonli
bayonnoma bilan tasdiqlangan.
Hamkor tashkilotlar: Xalqaro Nordik universiteti
Tahrir hay’ati:
I.Mavlanov, i.f.d., professor;
U.Sharipova, i.f.n. dotsent;
G.Gulyamova, i.f.n., professor;
G.Baqoyeva, PhD, dotsent;
A.Abdullayev, PhD, dotsent v.b.;
N.Malikov, katta o‘qituvchi;
F.Ibragimova, o‘qituvchi.
Taqrizchilar:
Sh.Sharifxojayev, JIDU “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi professori, i.f.d.
M.Abdullayev, XNU, Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi
mudiri, PhD, prof.
O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tishi, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida
yangi imkoniyatlar yaratadi. Yashil investitsiyalar, ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya
manbalariga, ekologik toza texnologiyalar va innovatsion yechimlarga qaratilgan sarmoyalar
orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu esa nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydi, balki yangi
ish o‘rinlarini yaratish, ekologik muammolarni hal qilish va xalqaro hamjamiyatda
O‘zbekistonning obro‘sini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu konferensiya, aynan shu masalalarni muhokama qilish va yechimlar taklif
etish maqsadida tashkil qilinib unda Yashil investitsiyalarning global tendentsiyalari, ularni
O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari; Moliyaviy texnologiyalar va ularning iqtisodiy
taraqqiyotdagi roli; Barqaror rivojlanishga erishishning innovatsion yondashuvlari; Yashil
iqtisodiyotga o'tishda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha expertlar, professor-o‘qituvchi
va ekspert, izlanuvchilar, magistr va talabalarning ilmiy-amaliy tadqiqotlari natijalari
yoritilgan.
To‘plamga kiritilgan tezislardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va iqtiboslarning
to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldir.
© Mualliflar jamoasi, 2025.
© JIDU
3

