Page 67 - "Green Investments and financial technologies: opportunities and challenges for Uzbekistan" International Scientific and Practical Conference
P. 67
“Yashil investitsiyalar va moliyaviy texnologiyalar: O‘zbekiston uchun imkoniyatlar va muammolar” mavzusida xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami (Toshkent, JIDU, 2025-yil 7-may)
Global tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, energetika sohasida qayta tiklanuvchi
manbalarni joriy etish orqali nafaqat tabiiy resurslardan foydalanish darajasi
oshmoqda, balki atrof-muhitga salbiy ta’sir sezilarli kamaymoqda. Quyida Xalqaro
Qayta Tiklanuvchi Energiya Agentligi (IRENA) tomonidan taqdim etilgan statistik
ma’lumotlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi: 2023-yilda global miqyosda 473 gigavatt
(GW) yangi qayta tiklanuvchi energiya quvvati o‘rnatilgan bo‘lib, bu yil davomida
o‘rnatilgan umumiy elektr quvvatining 86 foizini tashkil etdi. Yil yakunida esa
global qayta tiklanuvchi energiya quvvati 4 209 GWga yetgan[4]. Bu raqamlar
dunyo mamlakatlarining yashil energiya sari jadal harakat qilayotganidan dalolat
beradi. O‘zbekiston sharoitida ham mavjud salohiyatni to‘liq ishga solish,
zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mahalliy
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan
taraqqiyotga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Green Investment Opportunities: Scaling Up Private Sector Participation in
Emerging Markets (2023)
https://www.worldbank.org/en/news/feature/2023/06/05/green-investment-
opportunities
2. Green Transition Strategy 2021–2025 https://www.ebrd.com/what-we-
do/strategies-and-policies/green-transition-strategy.html
3. PQ-186-son, 2023-yil 2-iyun – “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi
to‘g‘risida” https://lex.uz/docs/6454235
4. International Renewable Energy Agency (IRENA). Renewable Capacity Statistics
2024 https://www.irena.org/publications/2024/Mar/Renewable-Capacity-Statistics-
2024
67

