Page 5 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 5

“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA
                                            PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
                                                            ISTIQBOLLARI”






                                                  SO‘Z BOSHI




                               Aziz hamkasblar, qadrli ustozlar va mutaxassislar!



                         Bugungi  kunda  raqamli  transformatsiya  jamiyatning  barcha  sohalarini  tubdan
                  o‘zgartirayotgan global jarayon bo‘lib, inson hayoti, ishlab chiqarish, boshqaruv tizimi va
                  albatta, ta’lim sohasiga chuqur kirib bormoqda.

                         Raqamli  transformatsiya  ta’lim  tizimida  katta  o‘zgarishlarni  keltirib  chiqarmoqda.
                  Jumladan,  ta’lim  jarayonini  raqamlashtirish  an’anaviy  o‘qitish  uslublarini  onlayn
                  platformalar, interaktiv texnologiyalar va masofaviy ta’lim imkoniyatlari bilan boyitishda
                  qo‘l kelyapti.
                         Shu nuqtai nazardan Xalqaro Nordik universitetida zamonaviy ta’lim taraqqiyotining
                  eng  dolzarb  yo‘nalishlaridan  biri  —  raqamli  transformatsiya  davrida  pedagogik  ta’limni
                  rivojlantirish istiqbollari yuzasidan o‘tkazilgan konferensiya va ilmiy muloqotlar rivojlanish
                  jarayonlarini yanada jadallashtirishda muhim platforma vazifasini o‘tadi.
                         Raqamli  o‘zgarishlar  hayotimizning  barcha  jabhalariga  kirib  kelayotgan  bugungi
                  davrda ta’lim tizimi ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Endilikda zamonaviy pedagog faqat
                  bilim  beruvchi  emas  —  u  raqamli  texnologiyalarni  chuqur  biladigan,  ijodiy  yondasha
                  oladigan va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga qodir yetakchidir.
                         Konferensiya  doirasida  ilm  ahlining  tadqiqotlari  jamlanishi,  tajriba  almashinuvi
                  ta’lim tizimini ilg‘or tajribalar asosida raqamlashtirish, innovatsion yechimlarni tatbiq etish
                  hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.
                         Ishonchim  komilki,  bu  to‘plamdan  o‘rin  olgan  maqolalardagi  g‘oya  va  takliflar
                  pedagogik ta’lim sifatini oshirishga, yangi strategiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
                         Barchangizga  yanada  sermazmun  ilmiy  yutuqlar,  samarali  muhokamalar  va  yangi
                  hamkorliklar tilayman! Konferensiyamizda ishtirokingiz uchun barchangizga rahmat!



                                                                                      Sherzod Mustafakulov,
                                                                        Xalqaro Nordik universiteti rektori,
                                                                       iqtisodiyot fanlari doktori, professor





                                                                                                               3

                                                                     RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK
                                                                               TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

                                                                                      https://www.asr-conference.com/
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10