Page 660 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 660

•  bir yarim yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davrda mozaykalardan har turdagi
                   shakllarni yig‘ish;
               •  ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda o‘yinchoqlarni, yirik tugmachalarni
                   teshiklardan  arqon  o‘tkazib  bir  safga  terish,  arqonlardan  har  xil  shakldagi
                   bog‘ichlar yasash;
                  artikulyatsiya mashqlari: sharlarni uflab shishirish, so‘zlarni dona-dona talaffuz
            qilishga  intilish.  Barmoqlar  bilan  turli  xil  mashqlarni  bajarib,  bolalar  barmoqlarini
            nozik harakatlarini yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu nafaqat nutqning rivojlanishiga
            foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu mashqlar ham ijodiy o’yinlardan tashqari bajariladigan
            vositadir ammo bola nutqi uchun dolzarb ish hamdir.

                   MUHOKAMA
                  Ijodiy  o‘yinlar  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  nutqini  rivojlantirishda
            muhim  vosita  hisoblanadi.  Tadqiqot  natijalari  shuni  ko‘rsatadiki,  bolalarning  nutq
            faoliyati faqatgina passiv eshitish yoki takrorlash bilan rivojlanmaydi; aksincha, ijodiy
            o‘yinlar jarayonida ular muloqotga faol jalb etiladi, bu esa lug‘at boyligini kengaytirish,
            grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish va o‘z fikrlarini ravon ifodalash ko‘nikmalarini
            shakllantiradi.  Ijodiy  o‘yinlar  orqali nutqni  rivojlantirishning  samaradorligi  quyidagi
            omillarga bog‘liq:
                  1. O‘yin muhiti va motivatsiya: Bolalar uchun qulay, erkin va ijodiy muhit yaratish
            ularda nutqiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Masalan, rolda o‘ynash (masalan,
            do‘kon, shifoxona yoki hayvonot bog‘i kabi sahnalarda) bolalarning vaziyatga mos so‘z
            boyligini shakllantiradi.
                  2. Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot: Guruhli ijodiy o‘yinlarda bolalar bir-birlari
            bilan  fikr  almashadi,  bu  esa  ular  o‘z  nutqini  rivojlantirishga  va  nutqiy  xatolarini
            tuzatishga yordam beradi.
                  3.  O‘yin  senariylari  va  rollar:  Muhokama  jarayonida  mavzuga  mos  rollarni
            taqsimlash  orqali  bolalar  yangi  so‘zlarni  o‘zlashtiradi  va  ularni  amalda  qo‘llashni
            o‘rganadi. Masalan, “pochtachi” rolini bajarish bolalarga maktub yozish yoki gapirish
            orqali nutqni rivojlantirish imkonini beradi.
                  4. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati: Didaktik o‘yinlar orqali bolalar nafaqat lug‘at
            boyligini oshiradi, balki so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, jumlalarni grammatik jihatdan
            to‘g‘ri tuzish va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniga ega bo‘ladi.
                  5. Nutqiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi materiallar: O‘yinlarda foydalaniladigan
            vizual materiallar, audio va video vositalar bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonini
            jonlantiradi va ularga turli xil til shakllarini tushunishga yordam beradi.

                   NATIJA
                  Ushbu vosita va metodikalar orqali biz bolani mayda qo‘l motorikalarini ham,
            nutqiy  rivojlanishini  ham  o‘sirishimiz  mumkin  bo‘ladi.Har  bir  faol  faoliyatda  bolani
            iqtidori ham asta sekin namoyon bo‘lishni boshlaydi, buni pedagoglar kuzatish va
            mashg‘ulotlarga yo‘naltirish jarayonida yaqqol ko‘ra olishadi.Ijodiy o‘yinlar bolalarni
            bir tarafdan rag‘batlantiruvchi ham hisoblanadi.

                   XULOSA
                  Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy o‘yinlar nafaqat bolalarning og‘zaki nutqini
            rivojlantiradi, balki ularda muloqot qilishga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Shuningdek,               658
            o‘yinlar  bolalarning  psixologik  va  ijtimoiy  jihatdan  rivojlanishiga,  ularning  ijodiy


                                                                                                          IV SHO‘BA:

                                      Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   655   656   657   658   659   660   661   662   663   664   665