Page 719 - RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
P. 719
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA
PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI”
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTOR O‘RINBOSARINING
TASHKILIY PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHDAGI VAZIFALARI
Muallif: M.E.Rustamova
1
Affiliyatsiya: Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha ta'lim metodikasi”
kafedrasi dotsenti
1
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17384849
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola xodimlarning egallab turgan lavozimlari va mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy
mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or menejment va axborot
texnologiyalari, shuningdek boshqarishning innovatsion usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari,
malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash, ulardagi nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda yangilash, maktabgacha ta’limning
dolzarb muammolari, ta’limni tashkil etish va boshqarishning yangi tamoyillari, o‘quv-tarbiya
jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullari va normativ-huquqiy hujjatlar bilan
tanishtirishdan iborat.
Kalit so’zlar: direktor o’rinbosari, bazaviy ta’lim muassasasi, ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasasi, stajirovka, innovatsion menejment.
KIRISH
Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirishning asosiy vazifalari sifatida rahbarlik va mutaxassislikka
doir kasbiy layoqat va mahoratni oshirish, psixologik-pedagogik tayyorlash hamda
nutq madaniyatini o‘stirish, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishga doir qobiliyatini
rivojlantirish hamda yangi bilimlar berish, kasbiy faoliyatga doir axborot
texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘quv-
tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy tadbirlarni amalga oshirish, qayta tayyorlash va malaka
oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish hamda
ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarning
tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy faoliyatini
rag‘batlantirishdan iborat.
MTT direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalaridan biri ta’lim jarayonini kelajak
uchun strategik va taktik rejalashtirishdir. Bu jarayonning muhim qismi — ta’lim
dasturlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, tashkilot
pedagoglarining kasbiy rivojlanishini ta’minlash uchun kurs va seminarlarga
tayyorgarlik ko‘rishdir.
METODOLOGIYA
Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish) va bilvosita (ta’lim dasturlarisiz 717
o‘qitish) shakllari bo‘yicha tashkil etiladi.
IV SHO‘BA:
Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar
https://www.asr-conference.com/

