Page 5 - XORIJIY TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
P. 5

“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA
                                             SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI

                                                   FOYDALANISHNING ZAMONAVIY

                                                           TENDENSIYALARI”





                                                  SO‘Z BOSHI




                    Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, aziz olimlar, tadqiqotchilar va
                                                         mehmonlar!


                         Barchangizga Xalqaro Nordik universiteti akademik jamoasi nomidan “O‘zbekiston –
                  2030”  strategiyasida  belgilab  berilgan  ustuvor  yo‘nalishlar,  xususan,  ta‘lim  tizimini
                  modernizatsiyalash,  raqamli  transformatsiyani  jadallashtirish  va  inson  kapitalini
                  rivojlantirishga qaratilgan islohotlar doirasida tashkil etilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish va
                  tarjima  sohasida  sun’iy  intellektdan  samarali  foydalanishning  zamonaviy  tendensiyalari”
                  mavzusidagi  xalqaro  ilmiy-amaliy  konferensiyada  faol  ishtirokingiz  uchun  samimiy
                  minnatdorchilik bildiraman.

                         Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari ilm-fan, ta‘lim va ijtimoiy hayotning
                  barcha sohalarida  misli  ko‘rilmagan o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, xorijiy
                  tillarni o‘qitish va tarjimashunoslik sohasida neyron tarmoqlari asosidagi mashina tarjimasi,
                  yirik til modellari (LLM), nutqni avtomatik tanish hamda generatsiya qilish texnologiyalari
                  lingvodidaktika va tarjima metodologiyasini tubdan qayta shakllantirmoqda.
                         O‘zbekistonda  xorijiy  tillarni  o‘qitish  sifatini  jahon  standartlari  darajasiga  olib
                  chiqish,  malakali  tarjimonlar  tayyorlashni  zamon  talablariga  muvofiqlashtirish  va  ta‘lim
                  muassasalariga  ilg‘or  raqamli  yechimlarni  keng  joriy  etish  davlat  siyosatining  ustuvor
                  yo‘nalishlaridan  biridir.  Shu  nuqtai  nazardan,  mazkur  xalqaro  ilmiy-amaliy  konferensiya
                  dolzarb  ahamiyat  kasb  etib,  u  ta‘lim  siyosati,  akademik  tadqiqot  va  amaliy  metodika
                  o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

                         Ushbu konferensiya xorijiy va mahalliy olimlar, yosh tadqiqotchilar, pedagoglar va
                  amaliyotchilar  o‘rtasida  samarali  ilmiy  muloqotni  yo‘lga  qo‘yish,  yangi  g‘oyalar
                  almashinuvini  ta’minlash  hamda  xalqaro  ilmiy  hamkorlikni  mustahkamlashga  munosib
                  hissa  qo‘shadi,  degan  umiddamiz.  Bildirilgan  ilmiy  xulosalar  va  amaliy  takliflar
                  mamlakatimizda  til  ta‘limi  sifatini  oshirish,  raqamli  ta‘lim  muhitini  shakllantirish  va
                  O‘zbekistonning  2030-yilgacha  mo‘ljallangan  rivojlanish  strategiyasini  muvaffaqiyatli
                  ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

                         Barchangizga  mazmunli  ilmiy  izlanishlar,  yuksak  ijodiy  muvaffaqiyatlar  va  yangi
                  ilmiy yutuqlar tilayman!


                                                                                      Sherzod Mustafakulov,
                                                                        Xalqaro Nordik universiteti rektori,
                                                                       iqtisodiyot fanlari doktori, professor


                                                                                                                3

                                          XORIJIY TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTDAN SAMARALI
                                                                        FOYDALANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
                                                                                      https://www.asr-conference.com/
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10