Page 74 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 74
«PAXTACHILIKDA AGROKIMYO” FANI BOYICHA YAKUNIY
NAZORAT SAVOLLARI
1. Markaziy Osiyoda o‘g‘itlar ustida olib borilgan ilmiy ishlar va rivojlanish
bosqichlari.
2. G‘o‘za oziqlanishida azotning ahamiyati.
3. Kompleks o‘g‘itlar tarkibi va ishlab chiqarish usullari.
4. 200 ga paxta maydonini bargidan oziqlantirish uchun 30 kg superfosfat (20% li
P 2O 5) sarflangan. Bu miqdor gektariga necha kilogramm fosfor oziqasiga to‘g‘ri
keladi?
5. Paxtachilikda kaliyli o‘g‘itlardan foydalanish rejasini tuzish
6. O‘zbekistonda paxtachilikdagi agrokimyo tarixi (Respublikamizda taniqli
olimlarning ishlari.)
7. G‘o‘za o‘simligida mikroelementlarning asosiy funksiyalari. Ayrim
mikroelementlar etishmaslik alomatlari.
8. Ammafos tarkibi, xossalari va ishlatilishi.
9. 150 kg kaliy xlor o‘g‘itida necha kilogramm K 2O bor? Xuddi shunday 150 kg kaliy
sulfat, 150 kaliy tuzi o‘g‘itlarida ham qancha kaliy bor?
10. Paxtachilikda azotli o‘g‘itlardan foydalanish rejasini tuzish
11. Paxtachilikdagi agrokimyo faninig roli, g‘o‘za asosiy obekt sifatida.
12. O‘simliklarning ildizidan oziqlanish deganda nimani tushunasiz? Ildizning tiplari,
tuzilishi va funksiyalari. (G‘o‘za misolida.)
13. Nitrofoska va diammafos tarkibi xossalari va ishlatilishi.
14. Gektariga 90 kg N solinishi kerak. Buning uchun necha kilogramm ammoniy sulfat
o‘g‘iti kerak bo‘ladi? Shuningdek natriyli selitra o‘g‘itidan ham qancha kerak
bo‘ladi?
15. Paxtachilikda fosforli o‘g‘itlardan foydalanish
16. G‘o‘zaning oziqlanishida tuproq xossalari, unumdorligining ahamiyati.
17. Organik o‘g‘it va uning turlari (tarkibi xaqida).
18. Maydoni 12 ga bo‘lgan ekinzorga 160 kg N, 60 kg P 2O 5 hisobidan o‘g‘it solish
kerak. Buning uchun qancha ammoniy sulfat va superfosfat kerak bo‘ladi?
19. Paxtachilikda agrokimyo fanining maqsadi va vazifalari.
20. G‘o‘zaning oziqlanishi va o‘g‘itlar ishlatishga doir tekshirishlar, ularning
ahamiyati.
21. Tuproqning singdirish qobiliyatlari, K.K. Gedroys ta’limoti.
22. To‘shamalarning asosiy turlari. To‘shamali go‘ng miqdorini aniqlash.
23. O‘simliklarni oziqlanishi va o‘g‘itga bo‘lgan talabi (g‘o‘za misolida).
24. O‘simliklar oziqlanishida tuproq mikroorganizmlarining ahamiyati?
25. Go‘ng saqlash usullari, saqlash jarayonida to‘shamali go‘ng tarkibining o‘zgarishi.
26. Maydoni 10 ga bo‘lgan g‘o‘zaga 200 kg N va 120 kg P 2O 5 hisobidan o‘g‘it solish
kerak. Buning uchun qancha ammoniy sulfat va superfosfat kerak bo‘ladi ?
27. O‘simliklarning oziqlanishidagi azot elementlarining ahamiyati.
28. G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanish davrlarida oziq moddalar yutilishining asosiy
qonuniyatlarini aytib bering?
29. Paxtachilikda organik o‘g‘itlar (go‘ng) ishlatish, usullari va meyorlari.
72