Page 84 - Safarova N., Safarov B. paxtachilikda agrokimyo o'quv qo'llanma
P. 84
LABORATORIYA DARSIDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH.
MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH, SOLISHTIRISH
VA TAQQOSLASH
Vena diagrammasi – 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini
solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qoyish uchun qo’llaniladi. Tizimli
fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
1. Diagramma tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik gurularda
diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) joylarni to’ldiradilar.
2. Juftliklarga birlashadilar, o`zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va
to’ldiradilar.
3. Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki/uch doiralar uchun umumiy bo’lgan,
ma’lumotlar royxatini tuzadi.
Muammoni aniqlash, tahlil qilish va uni hal etishni rejalashtirish
Nima uchun sxemasi – muammoning dastlabki sabablarini aniqlash
boyicha fikrlar zanjiri.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.
1.Nima uchun shemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik
guruhlarda muammoni ifodalaydilar. Nima uchun so’rog’ini beradilar va
chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi
aniqlanmaguncha davom etadi.
2.Kichik guruxlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmalarini
to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.
3.Ish natijalarining taqdimoti.
Quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich boysunuvchi «Qanday?»
diagrammasi- Muammo to’g’risida umumiy tasavvurlarni imkonini beruvchi,
mantiqiy savollar zanjiri.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
1.Kichik guruxlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, uzlarining chizmalarini
to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.
2.Diagramani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda
diagrammani tuzadilar.
3.Ish natijalarining taqdimoti.
Piramida chizmasi - G’oyalarni quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich
taqdim etish vositasi.
Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi.
1.Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda
chizma tuzadilar. Avval asosiy muammoni (g’oya, vazifa) yozadilar, so’ngra
kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil ko’rib
chiqish uchun «kichik shoxchalarni» chiqaradilar. Shunga asosan har bir g’oyalar
rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin.
2. Ish natijalarining taqdimoti.
82