Page 76 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 76
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalarining paydo
bo‘lishi sabablari va oqibatlarini tushuntirib berish.
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA vositalar yordamida urushda harbiy texnika hal qiluvchi rol o‘ynashini ko‘rsatib berish;
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqil-
lik g‘oyalarining paydo bo‘lish manzarasini ochib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali
urush nizolarni hal qilishning asosiy vositasi bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi Afrika, milliy uyg‘onish, mustaqillik kabi atamalarning mohiyatini tushunib
oladi;
• Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalarining paydo bo‘lishi haqidagi tarixiy
faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalari-
ning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
• Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalarining paydo bo‘lish sabablarini tahlil
qiladi;
• Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq
muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• Afrikada milliy uyg‘onish va mustaqillik g‘oyalarining paydo bo‘lishi haqidagi fikrga
o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. “Stol o‘rtasidagi ruchka” metodi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilimlari asosida “Afrikada milliy uyg‘onish
va mustaqillik g‘oyalarining paydo bo‘lishi” mavzusini “Stol o‘rtasidagi ruchka” metodi
orqali mustahkamlaydi.
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib (uch kishidan yetti kishigacha), o‘z
guruhlarida fikr almashishni boshlaydilar. Har kim o‘z ruchka yoki qalamini stolning
o‘rtasiga qo‘yadi, bu bilan muhokamaga o‘z hissasini qo‘shganligini bildiradi. Guruh
ishtirokchilarining hammasi ruchkalarini stolning o‘rtasiga qo‘ymagunicha, hech kim
o‘zining boshqa g‘oyalarini bayon eta olmaydi. Bu usul o‘qituvchidan katta mahoratni
talab etadi. O‘qituvchi guruhlar muhokamasini diqqat bilan kuzatib, natijalarini yozib
boradi. Muhokama tugagandan so‘ng o‘qituvchi stolning ustidan xohlagan ruchkani
olib, u qanday “hissa” qo‘shganligi to‘g‘risida so‘rashi mumkin. Oxirida o‘qituvchi
guruhlar muhokamalarini baholaydi va yakun yasaydi. Umumlashtiruvchi fikrni aytib,
yangi mavzuni e’lon qiladi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
1910-yili Buyuk Britaniyaning oʻzini oʻzi boshqaruvchi
dominioni sifatida Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) tuzilganligi eʼlon
qilindi. Janubiy Afrika toʻgʻrisidagi akt Janubiy Afrika Ittifoqining
konstitutsiyasi boʻldi. U yana 50 yil amal qilib, dunyodagi eng
irqchi konstitutsiya sifatida tarixda qoldi.
76