Page 144 - Konferensiya to'plami - 1 (ASR)
P. 144
kommunikatsiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. U jinoyat olamining ichki
normalarini, qoidalarini va ijtimoiy muhitni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi fenomenga nisbatan yana bir yondosh tushunchani
ko‘rishimiz mumkin, u ham bo‘lsa ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan “vulgarizm”
atamasidir. U ham lotin tilidan o‘zlashgan bo‘lib, vulgaris – “dag‘al va qo‘pol”
[11:76] so‘z sifatida til tizimida madaniy, ijtimoiy yoki ahloqiy me’yorlarga zid
bo‘lgan odobsiz yoki haqoratomuz leksik birliklar to‘plamidir. Vulgarizm
odatda muloqotning norasmiy kontekstlarida nutqda hissiyotlarni ifodalash,
norozilik bildirish yoki ijtimoiy chegaralarni buzish uchun qo‘llaniladi. Bu
leksika turli madaniyatlarda axloqiy va sotsiokultural me’yorlar doirasida
baholanadi.
Vulgarizm va invektiv leksika bir-biriga yaqin bo‘lishiga qaramay, ularning
o‘ziga xos farqlari mavjud:
Xususiyatlar Vulgarizm Invektiv leksika
Odobsiz, madaniy va Aniq haqoratomuz
axloqiy me’yorlarga zid ma’noga ega bo‘lgan,
Semantik bo‘lgan, har doim ham nutqiy agressiyani
mazmuni haqoratni ifodalovchi, tinglovchini
ifodalamaydigan dag‘al kamsitishga yo‘naltirilgan
leksika salbiy so‘z va iboralar
Odatda ekspressiv Muloqotda nutqiy
(hissiy) reaksiyalarni, agressiyani ifodalash,
salbiy emotsiyalarni yoki
Qo‘llanish maqsadi tinglovchini tahqirlash yoki
qattiq munosabatni
ifodalash uchun konflikt vaziyat hosil qilish
uchun atayin qo‘llaniladi
ishlatiladi
Qo‘pol, odobsiz, ammo Keskin salbiy baholashga
ayrim hollarda neytral ega, madaniy yoki ijtimoiy
Konnotatsiyasi
yoki hazil-kinoyaviy noqulaylikni ifodalaydigan
tusga ega og‘ir ton
Konflikt vaziyatlarda Odatda janjal yoki konflikt
qo‘llanilishi mumkin, vaziyatini kuchaytirish,
Konflikt ammo doim ham janjal tinglovchini agressiv tarzda
diskursidagi yoki keskin vaziyatni kamsitish yoki nizoli
ahamiyati
kuchaytiruvchi asosiy vaziyatni qo‘zg‘ashda asosiy
omil emas vosita bo‘ladi
Ko‘proq mahalliy yoki Xalqaro xususiyatga ega,
madaniy kontekstga
Milliy-madaniy bog‘liq bo‘lib, boshqa turli madaniyatlarda bir xil
xususiyati konfliktiv va haqoratlovchi
madaniyatlarda ta’sir uyg‘otishi mumkin
tushunilishi cheklangan
142
I SHO‘BA:
Tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari
https://www.asr-conference.com/