Page 269 - Konferensiya to'plami - 1 (ASR)
P. 269

«TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TILSHUNOSLIK, XORIJIY
                                            TIL VA ADABIYOTINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY
                                              METODIK YONDASHUVLARI: MUAMMOLAR,
                                                    IMKONIYATLAR VA YECHIMLAR»

                      CHET TILIDA NUTQIY KO‘NIKMANI SHAKLLANTIRISH XUSUSIDA


            Muallif: Ergashova Feruza Yuldashevna
                                                           1
            Affiliyatsiya: Toshkent amaliy fanlar universiteti
                                                                     1
            DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15186927


            ANNOTATSIYA

            Ushbu maqolada hozirgi vaqtda talabalarga o‘rganayotgan chet tili bo‘yicha nutqiy ko‘nikma
            va  malakalarni  shakllantirishni,  bu  esa  kasbiy  yo‘nalish  doirasida  til  bilish,  so‘zlashuv
            ko‘nikmalariga  ega  bo‘lish  va  ijtimoiy–madaniy  va  kommunikativ-  muloqot  malakalarini
            takomillashtirishga xizmat qilishi hamda bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda chet tilining
            ahamiyati oshib borishi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.


            Kalit so’zlar: Chet tili, nutq madaniyati, nutqiy ko‘nikma, o‘qituvchi, ta’lim jarayoni, ko‘nikma,
            gapirish mahorati, til tajribasi.


                  Chet  tillarini  o‘qitish  metodologiyasida  o‘qish  an'anaviy  ravishda  nutq
            faoliyatining bilvosita turi sifatida belgilanadi, bu nutq faoliyatining boshqa turlaridan
            farqli  o‘laroq,  ichkarida  sodir  bo‘ladi.  O‘qish  yozma  matndan  ma'lumot  olishga
            qaratilgan.  Nutq  faoliyatining  bu  turi  idrok  va  xotira  (birinchi  navbatda  qisqa
            muddatli xotira) kabi muhim kognitiv aqliy jarayonlar bilan bog‘liq. Bu aqliy jarayonlar
            axborotni qayta kodlashga qaratilgan.
                  Chet  tilda  nutqiy  ko‘nikma  va  malakalar  shakllantiriladi.  Chet  til  o‘quv
            predmetini  o‘rganish  shu  til  yordamida  axborot  olish  va  boshqalarga  yetkazish
            ma'nosini bildiradi. O‘zlashtirilgan axborotlar talabalarning bilim saviyalarini yanada
            oshirishdan tashqari ularning kasbiy malakalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
            Chet  tilni  amaliy  egallash  shu  tilda  nutqiy  ko‘nikma  va  malakalarni  hosil  qilish
            demakdir. Ko‘nikmalar leksika, grammatika, talaffuz bo‘yicha, malakalar esa tinglab
            tushunish,  gapirish,  o‘qish,  yozuv  faoliyatlarida  shakllantiriladi.  Nutq  faoliyatining
            yordamchi  turi  bo‘lmish  tarjimani  o‘rganish  esa  chet  til  ixtisosligi  bo‘yicha  kasbiy
            malakani egallash, deb qaralishi mumkin[1]
                  Chet  tilda  gapirish,  tinglab  tushunish,  o‘qish  va  yozuvni  nutq  faoliyati  turlari
            sifatida  egallash  alohida  mashqlarni  talab  etadi.  Til  va  nutq  birliklari  hisoblanmish
            so‘z,  jumla,  matn  kabilarni  o‘rganishda  mashqlarning  bajarilishi  metodik  jihatdan
            o‘zini oqlaydi. Bu esa kasbiy yo‘nalish doirasida til bilish, so‘zlashuv ko‘nikmalariga ega
            bo‘lish     va     ijtimoiy–madaniy         va     kommunikativ–muloqot              malakalarini
            takomillashtirishga xizmat qiladi. Nutq faoliyatini tashkil qiluvchi unsurlar – tinglab
            tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida
            e'tibor  beriladi  va  tegishli  ko‘nikma  va  malakalar  takomillashtiriladi.  Talabalarning
            lugʻat  boyligini  oshirishda  iboralarni  oʻrganish  alohida  ahamiyatga  ega.  Soʻz  va
            iboralar tilning ma'no ifodalaydigan asosiy birligidir. Bu til birliklari aniq predmetlarni,
            mavhum tushunchalarni, individning emosiya his-hayajonini bildiradi.
                  Leksikologiya tilning lugʻat tarkibini oʻrganib soʻz va iboralarning nutqda ma'no             267
            ifodalash xususiyati, qoʻllanish faolligi, boyib borishi yoki iste'moldan chiqib ketishi,


                                                                                                           II SHO‘BA:

                                                                             Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion taʼlim texnologiyalari

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   264   265   266   267   268   269   270   271   272   273   274