Page 5 - Tibbiy radiologiya
P. 5

4




            Tibbiy  radiologiya  –  bu  tibbiyotning  asosiy  qismlaridan  boʼlib,  uning  asosida  turli

            spektorli  nurlardan  foydalanib  turli  kasalliklarni  tashxislash,  davolash  va  ishlatish

            yotadi.

            «Radiatsion  tibbiyot»  termini  bir  necha  o’n  yillardan  beri  mavjud  bo’lib  tibbiyotni

            shunday ilmiy yo’nalishi-ki unda atom energiyasini tibbiyotda va boshqa yo’nalishlarda

            ishlatish imkoniyatlari va kelib chiqishi mumkin bo’lgan asoratlari o’rganiladi.

                    O’tgan asrning 50 yillarida «radiatsion tibbiyot» tushunchasi xaqli b o’lib, o’sha

            paytdagi ilmning rivojlanishi, asbob uskunalarning mukammallashuvi, tibbiyotga 1956-

            yilda  termografiyani,  1970-yilda  Kompyuter  tomografiyani,  1976-yil  ultratovushli

            sonografiya usulini, 1980-yilda magnit –rezonans tomografiya usullarini kirib kelishiga

            asos b o’ldi.

            Yukoridagi usullar ichki organ va to’qimalarini xolati, o’sma to’qimalarini tarqalishini,

            strukturasini ionlashtiruvchi nurlar ishlatmasdan o’rganish imkoniyatini berdi.

            Yuqoridagi  keltirib  o’tilgan  sabablar  oqibatida  radiatsion  tibbiyot  tushunchasi  keng

            qamrovli tus oldi va zamonaviy ilm fanning bir y o’nalishiga aylandi.

            Mazkur  nashrning  maqsadi  tasvirlashtirishning  turli  usullari  bilan  tanishish,  shu

            jumladan xavf va xatarlar rejasini ishlab chiqish.

            Tayanch–xarakat, nafas olish, yurak-qon tomir tizimlari, oshqozon-ichak trakti, siydik

            ajratish tizimiga bag’ishlangan boblar oʼz boʼlimlarida tegishli tasvirlarni aks ettirishga

            bagʼishlangan.

                     X-nurlari Uilyam Konrad Rentgen tomonidan kashf

            etilgan.     Katod     nurlarini     eksperimental      ravishda

            o'rganayotib, u 1895-yil 8-noyabr kuni kechqurun platin-


            vodorod  bariy  bilan  qoplangan  katod  nurlari  trubkasi
            yonidagi  qorong'u  xonada  porlay  boshlaganini  payqadi.


            Keyingi bir necha hafta mobaynida u yangi kashf etilgan
            nurlanishning  barcha  asosiy  xususiyatlarini  o'rganib


            chiqdi,  uni  rentgen  nurlari  ("rentgen  nurlari")  deb  atadi.    1-rasm. Wilgelm Conrad
                                                                                 Rentgen
            1895-yil 22-dekabr kuni Rentgen o'zining kashfiyoti to'g'risida birinchi ommaviy e'lonni


            Würzburg  universitetining  Fizika  institutida  qildi.  1895-yil  28-dekabrda  Würzburg
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10