Page 75 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 75
tarmoqlangan, sertarmoq ildizining asosiy qismi tuproqning 10-15 sm lik
qatlamida joylashgan, ko‘pi bilan 68 sm chuqurlikkacha еtib boradi. Poyalari
birinchi yili 4 qirrali, quyi qismi yog‘ochlangan, kulrang tusda yuqori qismi tukli,
yashil, bo‘yi 80 sm gacha еtadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, uzunchoq
bandli, uzunligi 2-8 sm kengligi 0,8-2,5 sm, burishgan tukli, kulrang yashil.
To‘pguli poyaning eng yuqorisidagi boshoqsimon qismidir, u sodda yoki
shoxlangan, sodda xalqalardan tarkib topgan. Gullari ikki labli, kuk binafsha
rang, yondosh bargchalarining qo‘ltiqlarida joylashgan. Mevasi 4 dona
yong‘oqchadan iborat, urug‘lari qirrasimon bo‘lib kattaligi 2-3 mm. 1000 dona
urug‘ vazni 7-9 g. O‘rta еr dengiz bo‘yi mamlakatlarining tog‘li еrlarida tabiiy
sharoitda o‘sadi. Shimoliy Kavkaz, Qrim, Moldovada ekib o‘stiriladi.
A B
36-rasm. Salvia officinalis umumiy ko‘rinishi(A) va bargining poyada
joylashishi(B)
A B
37-rasm. Salvia officinalis guli(A) va urug‘i(B)
75