Page 71 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 71

1.        O‘zbekistonda Piyozdoshlar oilasining nechta turkumga oid  turlar
               o‘sadi?

                      2.        Amaryllidaceae oilasining O‘zbekistonda uchraydigan turkumi va
               unga mansub turlar nomini ayting?
                      3.        Irridaceae oilasiga mansub turkumlarni ko‘rsating?


                     MAVZU: MAVRAK - (SALVIA OFFICINALIS L.)  VA YALPIZ -
                   (MENTHA PIPERITA L.)  TURKUMI VA TURLARINI ANIQLASH

                                                     USULLARI.
                      Dars  maqsadi:  Talabalarda  yalpiz  turkumi  turlarini  aniqlash  usullari
               ko‘nikmalarini                                                 shakillantirish.

                      Identiv o‘quv maqsadlari:
                      1.     Yalpiz turkumi turlari uchrash florasi haqida biladi.

                      2.     Yalpiz turkumi turlari to‘g‘risida ma’lumot bera oladi.

                      Kerakli  jihoz  va  materiallar:  o‘simliklar  aniqlagichi, lupa,  gerbariylar
               yoki tirik  namunalar, rasmlar, slaydlar.
                      Bo‘lim.  Yopiqurug‘lilar  (Angiospyermae),  yoki  Gulli  o‘simliklar

               (Antophyta)
                      Sinf (ajdod). Ikkipallalilar (Dicotyledones)

                      Sinfcha. Yalpizkabilar (Lamidae)
                      Qabila. Yalpiznamolar (Lamiales) — Yasnotkovые (Guboцvеtnые)

                      Oila. Yalpizdoshlar = labguldoshlar (Lamiaccac Lindl. = Labiatae Juss.)
                      Turkum. Yalpiz (Mentha L.) — Myata

                      Tur.  Osiyo  yalpizi  (M.asiatica)  Tur.  Cho‘l  yalpizi  (M.arvensis)  Tur.
               Jingalak yalpiz (M.crispa) Tur. Nayzali yalpiz (M.spicata L)

                      Tur. Suv yalpizi (M.aquatica L)  (Мятаводная)
                      Qisqacha nazariy ma’lumotlar.

                     Yalpizdoshlar gulli o‘simliklarning ancha yirik oilalaridan biri bo‘lib unga
               200 tacha turkum va 3500 dan ko‘proq turlar kiritiladi. Yer sharida juda keng

               tarqalgan, ko‘pchiligi deyarli kosmopolit o‘simliklardir. Oila hajmida 11 ta kichik
               oila farqlanadi, ularning birnechtasi bir turkumli oilachalardir. Yalpizdoshlarning
               eng yirik markaziy kichik oilasi Yalpizdoshchalar bo‘lib, u 34 turkumni o‘z ichiga
               oladi.

                      Oilaning  muhim  xaraktyerli  belgisi  poyasining  4  qirrali  bo‘lishi,
               barglarining yonbargsizligi va qarama-qarshi joylashuvi, еrusti qismlarining turli

               darajada tuklar bilan qoplanganligi, ko‘pchiligining efir moylar ajratishidir.



                                                                                                            71
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76