Page 67 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 67
Portulaca olekacea L. Semizo‘t, Sabzavot
semizo‘ti. (Portulacaceae Juss.)- Semizo‘tdoshlar.
Semizo‘t ikki turdan iborat. K.Linney “rortula” - kichik darvoza deb izoh
bergan, tur “olyeracea”- sabzavot ma’nosida.
Kimyoviy tarkibi. Karotinoidlar (karotin), oliy yog‘ kislotalari
(linolen), poyasida organik kislotalar, karotinoidlar, styeroid moddalar,
tyerpenoidlar, vitamin S, lipidlar (3,5%) aniqlangan.
Ishlatilishi. Urug‘i organizmni tozalagan, bargi yaralarga malham,
siydik xaydovchi, ichki qon oqishini to‘xtatuvchi impotensiyaga davo
uyqusizlikda jigar va buyrak xastaligida, dizentyeriyani davolashda ilon va
hasharotlar chaqqanda qo‘llaniladi.
Topshiriqlar:
1. Torondoshlar - (polygonaceae), Semizo’tdoshlar - (portulacaceae)
oilalari vakillarini sistematik tahlil qiling.
2. Torondoshlar - (polygonaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik va
biologik xususiyatlarini yozing.
3. Semizo’tdoshlar - (portulacaceae) oilasining o‘ziga xos
morfologik va biologik xususiyatlarini yozing.
4. Torondoshlar - (polygonaceae), Semizo’tdoshlar - (portulacaceae)
oilalarining tarqalish hududlari bilan tarnishing.
5. Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan ikki oila
turlari dorivorlk xususiyati haqida ma’lumot to‘plang.
Nazorat uchun savollar.
6. Torondoshlar-(polygonaceae)oilasi qanday sistematik belgilarga ega ?
7. Semizo’tdoshlar - (portulacaceae) oilasining o‘ziga xos belgilari
nimalar?
8. Respublikamizda keng tarqalgan tabiiy holda o‘suvchi ikki oila
turlari, ularning yashash sharoitlari, hayotiy shakllari va ahamiyatini ko‘rsating?
MAVZU: PIYOZDOSHLAR (ALLIACEAE), GULSAFSARDOSHLAR
(IRRIDACEAE) OILASI TURKUMI TURLARI
NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O‘RGANISH QOIDALARI.
Piyozdoshlar oilasi — Alliaceae. Bu oilaga piyozli va ildizpoyali ko‘p
yillik o‘t o‘simliklar kiradi. Ko‘pchilik turlari o‘tkir hidli. Barglari yassi,
tasmasimon yoki naychasimon, ildiz bo‘g‘zidan chiqadi. Gulpoyasi bargsiz,
shoxlanmagan, uchida pardasimon ikkita gulyonbargchaning qo‘shilishidan hosil
67