Page 65 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 65

Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsad: Torndoshlar va semizo‘tdoshlar
               oilasi  vakilarini  va  ularning  turlari  haqida  qisqacha  tushunchalar  berish.

               Talabalarga bu oilalarning sistematik va morfologik tavsiflari haqida ma’lumot
               berish.
                         Mashg‘ulotning  qisqacha  mazmuni:  Torongullilar  qabilasi  -
               Polygonales. Ko‘p yillik yoki bir yillik, qisman buta va daraxt o‘simliklar. Yer

               yuzining barcha mintaqalarida uchraydi, lekin ularning aksariyat qismi shimoliy
               yarim  sharlarda  va  ayniqsa  O‘rta  iqlimli  o‘lkalarda  keng  tarqalgan. Bu  qabila
               faqatgina bitta torondoshdar oilasidan iborat.

                     Torondoshlar  (  otquloqdoshlar  )  oilasi  –  Polygonaceae  Oilaning  40
               turkumga mansub 800 dan ortiq turi еr yuzining barcha mintaqalarida uchraydi.
               Hamdo‘stlik mamlakatlarida uning 8 turkumga mansub 285 turi, shu jumladan 8

               turkumga  mansub  157  turi  O‘rta  Osiyoda  keng  tarqalgan.  Ularning  aksariyat
               qismi  o‘tsimon,  barglari    navbatlashib  joylashgan,  barg  bandi  poyani  o‘rab
               turuvchi yondosh barglardan tuzilgan. Bu xususiyat butun oila uchun haraktyerli.

               Gullari, boshoq, shoda, (shingil) ro‘vaklarda, odatda ikki jinsli, anemofil yoki
               entomofil.  Nektar  saqlovchi  qo‘sh    bezlari    toj    barglarning  tub  qismida
               joylashgan. Gul    qo‘rg‘oni  oddiy    kosachasimon  yoki tojsimon. Turg‘i  3-6 ta

               erkin, ikki qator bo‘lib joylashgan bargchalardan iborat. Changchisi 6 ta dan 9
               taga  qadar,  urug‘chisi  3  (2-4)  meva  bargidan  shakllangan,  ustuncha  va
               tumshuqchali.  Gulining  formulasi:  R3-6  A5-9G(3).  Torondoshlarga  mansub

               turlar  oziq-ovqat  sanoatida  dori  tayyorlashda,  em-xashak,  oshlovchi  va
               bo‘yoqbop  materiallar sifatida keng qo‘llaniladi. Ularning O‘rta Osiyoda otquloq
               (Rumex),  rovoch  (Rheum)  qandim  (Calligonum),  toron  (Polygonum)  singari
               turkumlariga mansub turlar muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega. Toron (Polygonum)

               turkumining 56 turi O‘rta Osiyoning cho‘l, adir, tog’ va yaylov zonasida keng
               tarqalgan. Ular bir yillik va ko‘p yillik o‘t, buta va yarim butacha. Turkumning
               asosiy turlari: Oshlovchi toron P. cariarium. Bo‘yi 60—150 sm. Ildizi yo‘g‘on,

               undan bir nechta poya chiqadi. Barg pardasi qoramtir ko‘ng‘ir, 20-25 mm. Tup
               guli yirik, kuchli shoxlangan ro‘vak, uzunligi 35 sm gacha iyun, avgust oylarida
               gullab urug‘laydi. Tog‘ zonasidagi toshloqli yoki syernam mayin tuproqli еrlarda

               o‘sadi. Toron ildizidan 20 % gacha muhim oshlovchi modda olinadi. Toronning
               O‘zbekistonda  kelintil  toroni  (P.  pyersicaria)  qamchigul  toroni  (P.  orientale)
               shovulbarg toron (P. lapatifolium) singari turlari keng tarqalgan. Otquloq-Rumex

               turkumining O‘rta Osiyo tog‘larida 23 turi tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyat
               qismi ko‘p yillik o‘t  o‘simlik.  Otquloq ildizida 18% gacha teri oshlash sanoatida
               keng qo‘llaniladigan oshlovchi tannid moddasi bor. Uning mayda bargli otquloq





                                                                                                            65
   60   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70