Page 66 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 66
(R. crispus), tugunchali otquloq-R.conglomyeratus), xaltachali otquloq- (R.
Halaczii), Suriya otqulog‘i (R. syriacus) va boshqa turlari tarqalgan. Rovoch
(Rheum) turkumining 12 turi O‘rta Osiyoda tarqalgan. Bu ancha katta ildizli yirik
o‘simlik. Barglari katta gul qo‘g’oni 6 ta va 9 ta changchidan shakllangan.
O‘zbekistonda rovoch turlari dorivor, oshlovchi, bo‘yoqbop va sabzavot
o‘simligi sifatida foydalaniladi. Rovochning balandligi 40— 100 sm, poyasi
dag’al, tubi zangsimon qo’ng‘ir, barg qini bilan o‘ralgan. Bo‘yi 40—85 sm
keladigan yirik mevali katta bargli rovoch (Rh. macroarpum ) va poyasi tubidan
shoxlangan, silliq poyali balandligi 50- 100 sm yuraksimon rovoch (Rh.cardatum
) keng tarqalgan.
Bu oila vakillari bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar, qisman yarimbuta
va butachalardan iborat. Barglari oddiy, butun, qarama qarshi o‘rnashgan etli va
sershira yonbarglari ham etli. Gullari bittadan semiz yoki to‘pgullarda joylashgan
ikki njinsli gultojibarglari yo‘q, kosachabarglari odatda 4-5 ta, ba’zan 2-3 ta ,
oq, sariq, qizil rangli.
Semizo‘tdoshlarning 30 turkumga mansub 600 ga yaqin turlari mavjud va
ular еr yuzining barcha qismlarida , ko‘proq iliq va o‘rta mintaqalarda, ayniqsa,
Shimoliy Amyerikaning g’arbiy tumanlarida va Alp tog’larida tarqalgan.
O‘zbekistonda semizo‘t- turkumning bitta turi oddiy semizo‘t o‘sadi. Bu
tuksiz, gular sariq, gultojibargi kosachabargidan sal uzunroq , bir yillik begona
o‘t. U sug’oriladigan ekinlar (sabzavot poliz, g’alla, go‘za) orasida keng
tarqalgan. Bir tup semiz o‘t 10000 tagacha urug’ beradi. Poyalarning ildiz otishi
va qalamchalari bilan ham ko‘payadi. Yirik gulli semiz o‘t- gulbeor
( P.grandiflora ) bir yillik , madaniy, poyasi 10-15 sm baladlikdagi manzarali
o‘simlik. Gullari qizil, sariq-oq, qirmizi rangli. Vatani Janubiy Amerika Yovvoyi
semizo‘tning yosh poya va barglaridan xomligacha yoki qaynatib salat
tayyorlanadi, qishga tuzlab saqlash ham mumkin. Fransiyada Portulaca sativa
turi ekiladi. U sabzavot sifatida ishlatiladi.
32-rasm
66