Page 63 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 63
biologik xususiyatlarini yozing.
4. Pechakdoshlar (Convolvulaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik
va biologik xususiyatlarini yozing.
5. Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik va
biologik x ususiyatlarini yozing.
6. Ro‘yandoshlar (Rubiaceae) va Zaytundoshlar (Oleaceae)
oilalarining tarqalish hududlari bilan tarnishing.
7. Pechakdoshlar (Convolvulaceae) va Ituzumdoshlar (Solanaceae)
oilalarining tarqalish hududlari bilan tarnishing.
8. Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan to‘rt oila
turlari dorivorlk xususiyati haqida ma’lumot to‘plang.
Nazorat uchun savollar.
1. Ro‘yandoshlar oilasi qanday sistematik belgilarga ega ?
2. Zaytundoshlar oilasining o‘ziga xos belgilari nimalar?
3. Respublikamizda keng tarqalgan tabiiy holda o‘suvchi ikki oila
turlari, ularning yashash sharoitlari, hayotiy shakllari va ahamiyatini ko‘rsating?
MAVZU: CANNABACEAE – NASHADOSHLAR OILASI TURKUMI
TURLARI NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O‘RGANISH
QOIDALARI.
Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi: nashadoshalr oilasi vakilarini
va ularning turlari haqida qisqacha tushunchalar berish. Talabalarga bu
oilalarning sistematik va morfologik tavsiflari haqida ma’lumot berish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Nashadoshlar oilasi — Cannabaceae
Oilaning nasha - (Cannabis) va qulmoq - (Humulus) singari ikki turkumi
mavjud bo‘lib, xar ikkala turkumda ikkitadan tur mansub. Ularning deyarli
barchasi o‘tsimon ikki uyli, barglari panjasimon, qarama-qarshi joylashgan,
changchili gullari ro‘vak urug’chi gullari esa kallaksimon gul tuplamlarida. Gul
formulasi ♀P 5A 5G 0 , ♂ R (5)tutash A 0G (2) yong’oqcha. Urug‘i endospyermsiz.
Nasha -(Cannabis safiva) ekiladigan o‘simlik bir yillik, balandligi 4
metrgacha o‘sadi.
O‘ziga xos efir moyi tufayli hid tarqatadi, poyasi tuk bilan qoplangan,
o‘simlikning erkak guli tubi bir qadar past bo‘yli, urg‘ochi gullari esa ancha
baland bo‘yli. Urug‘idan yog‘ tanasidan esa tola olinadi. Madaniy holda
Rossiya va Yevrop mamlakatlarida o‘stiriladi.
Qulmoq- (Humulus) bo‘yi 2-5 metrgacha, bargi 3-7 bo‘lakli, manzarali
63