Page 62 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 62
28-rasm 29-rasm
barglari qarama-qarshi joylashgan, oddiy ba’zan murakkab, chetlari tekis,
to‘pguli ro‘vaksimondir. Gullari ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli va 2 uyli, qo‘sh
gulqo‘rg‘onli, ba’zan gulqo‘rg‘onsiz. Oilaning shumtol (Fraxinus L), Farzitsiya
(Forsytia Vahl), Nastarin (Syringa), Ligustrum (Ligustrum L), Jasmin (Jasminium
L) kabi turkumlari mavjud.
Pechakdoshlar oilasi еr yuzida keng tarqalgan (kosmopolit). Tropik Osiyo
va Amyerikada yanada ko‘proq uchraydi. Hayotiy shakli bo‘yicha oilada bir va
ko‘p yillik o‘tlar ustunlik qiladi. Oila vakillarining barglari oddiy,
yonbaargchasiz. Gullari bittadan, ba’zan to‘pgulli, to‘g‘ri, 2 jinsli. Gulqo‘rg‘oni
murakkab, kosacha va gultojlari yopishgan, urug‘chisi 2 urug‘kurtakli. Mevasi
asosan ko‘sakcha.
Ituzumdoshlar oilasi еr yuzidagi barcha quruq hududlarda tarqalgan,
erkin Janubiy Amerika oila vakillarini ng eng yirik markazlaridan hisoblanadi.
Hayotiy shakliga ko‘ra oilada o‘t o‘simliklar va butalar ustunlik qiladi. Oila ning
kichik daraxtlardan iborat turlari ham bor. Barglari oddiy, butun yoki turli
darajada uyilgan, bo‘lingan , yonbargchasiz, navbat bilan o‘rnashgan to‘pguli
asosan gajaksion, gullari aktinomorf yoki biroz qiyshiq, ikki jinsli, changchisi
5 tadan. Urug‘chisi 2 ta.
Topshiriqlar:
1. Rubiaceae va Oleaceae, Convolvulaceae va Solanaceae oilalari
vakillarini sistematik tahlil qiling.
2. Ro‘yandoshlar (Rubiaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik va
biologik xususiyatlarini yozing.
3. Zaytundoshlar (Oleaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik va
62