Page 57 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 57
cho‘ldan tortib, tog‘larning yuqori qismlarigacha bo‘lgan hududlaridagi
sho‘rxok, gipsli, mayda chag‘ir toshli tuproqlarda, shag‘alli hamda toshli joylarda
tarqalgan. Respublikada keng tarqalgan turlaridan biri — F. divyersivittata.
Kovraklar yaxshi еm-xashak, asalshira byeruvchi, dorivor va iste’mol qilinadigan
(sassiq kovrak) o‘simliklar hisoblanadi.
Zira (Bunium) turkumi. Zira turkumiga ko‘p yillik, tugunakli o‘t
o‘simliklar kiradi. Ildiz bo‘g‘zida joylashgan to‘p barglari uzun bandli, yaprog‘i
patsimon qirqilgan.
Gullari 2 xil — ikki va bir jinsli gulqo‘rg‘oni murakkab, gultojibargchalari
oq rangli. Ziraning xushbo‘y zira (B. pyersicum) nomli turini ko‘pchilik yaxshi
biladi. U tuganakli, poyasi tik o‘suvchi, oqimtir yashil rangli, tuksiz ko‘p yillik
o‘t. Asosan O‘zbckistonning janubiy tumanlarida mayda chag‘ir toshli soz
tuproqlarda, tog‘ning pastki va o‘rta qismlarida o‘sadi. Zira iyunda gullab,
mevasi iyul-avgustda еtiladi. Bu turli taomlar tayyorlashda ishlatiladigan
muhofazaga muhtoj tur. Urug‘idan va tuganagidan ko‘payadi.
Itjumrut (Rham nus) turkum. U qadar baland bo‘lmagan daraxt yoki buta
o‘simlik. Barglari tikanli, qarama-qarshi joylashgan, gullari bir jinsli, to‘rt a’zoli,
mevasi danak, tugunchasi to‘rt uyali. O‘zbekistonda bu turkumning toshloq
va tog‘ oldi zonasida o‘sadigan Rh. mino‘ta, daryo soxillari, shag’al va tosh
aralash tog‘ yonbag’irlari, archazorlarda o‘suvchi Rh. cathurtica, tog‘ zonasini
quyi qismida toshloq, shag’al aralash tuproqli tog‘ zonasi, daryolarning
soxilida o‘sadigan Rh. dolichophylla kabi turlarini uchratish mumkin.
Chilon jiyda (Ziziphus) turkumi. Turkumning O‘zbekistonda faqat bitta
( Z jujuba) chilon jiyda deb ataladigan u qadar baland bo‘lmagan daraxti
Surxondaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining tog‘ yonbag’irlarida
yovvoyi holda tarqalgan. Vitaminli, dorivor va xushxur meva sifatida
o‘stiriladi.
Chakanda turkumi - (Hippophae). Tikanli daraxt, barglari uzun tortgan,
lansetsimon, gullari barg qo‘ltig‘ida, ayrim jinsli, boshoqsimon gul tuplamlarida
novda qultigida joylashgan. Gul formulasi: P 2 A 2 G 0 P 2 A 0 G 1 Mevasi sariq
rangli shirali danak. Muhim oziq,-ovqat, dorivor va sifatli yog‘och beradigan
o‘simlik sifatida qadrlanadi. Mevasi ovqat sifatida, poyasi muhim yog‘och
sifatida, bargi oshlovchi moddalar olishda, novdalari sariq va qoramtir qo‘ngir
rangli bo‘yoq olishda ishlatiladi.
Hippophae rhamnoides - kichik daraxt yoki buta. Bo‘yi 2-5 m ga еtadi,
shoxlangan, o‘tkir tikanli o‘simlik. Bargining uzunligi - 2 - 9 sm, eni - 3 -15 mm.
57