Page 56 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 56

tarqalgan eng yirik turkumlar va foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan turlarni o‘z
               ichiga oladi. Jumladan, kovrak (Fyerula) ning 45 turi, shashir (Prangos) ning 9

               turi,  zira  (Bunium)  ning  8  turi,  skaligyeriya  (Scaligyeria)  ning  12  turi  o‘sadi.
               Bulardan tashqari ko‘plab iste’mol qilinadigan turlardan petrushka (Petroselinum
               crispum),  zira  (Bunium  pyersicum), shivit, ukrop  (Anethum graveolens), sabzi
               (Daucus sativus) kabilar ham shu  oilachaning vakillari sanaladi.

                      Chilonjiydadoshlar - Rhamnaceae Oilaning 60 turkumga mansub 600 ga
               yaqin  turi,daraxt  va  buta  shaklida.  Ular  еr  kurrasining  deyarli  barcha
               mintakalarida,  ayniksa,  tropik  va  subtropik  viloyatlarida  keng  tarqalgan.

               O‘zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta turi o‘sadi. Bular buta va past bo‘yli
               daraxtlardan  iborat. Gullari mayda, ko‘rimsiz, aktinomorf, 4-5 bo‘lakli, asosan,
               ikki  jinsli, mevasi turlicha. O‘zbekistonda  3  ta turkumga mansub  6  ta tabiiy turi

               va  2  ta turkumga oid 2  ta madaniy turi  o‘sadi.  Ular dorivor va oziq-ovqat
               o‘simliklar sifatida qadrlanadi.
                      Jiydadoshlar  -  Eleagnaceae  oilasiga  3  turkum  40  ga  yaqin  tur  kiradi.

               O‘zbekistonda 2 ta turkumga oid  5  turi  o‘sadi.  Buta  va  daraxtlardan  iborat.
               Gullari 2 jinsli. Shimoliy yarim shaming subtropik va mo‘tadil iqlimli hududlarida
               tarqalgan. O‘zbekistonda jiyda (Eleagnus angustifolia) va chakanda (Hippophae
               rhamnoides) dorivor, iste’mol qilinadigan o‘simlik  sifatida  qadrlanadi.

                      Dars maqsadi: Ziradoshlar (Apiaceae), Chilonjiydadoshlar (Rhamnaceae)
               va Jiydadoshlar (Elaeagnaceae) oilasi turkumi turlari nomeklaturasini tahlili va

               o‘rganish qoidalari  va  ularning  morfologik,  biologik  shuningdek  dorivorlik
               xususiyatlari haqidagi yangi bilim, ko‘nikma, malakani shakillantirish.
                      Identiv o‘quv maqsadi:

                      1.    Apiaceae,      Rhamnaceae         va    Elaeagnaceae         oilasi    turlari
               nomeklaturasini tahlil qila oladi.
                      2.    Ziradoshlar  va  Chilonjiydadoshlar,  Jiydadoshlar  oilasi  vakillarini

               morfologik va  biologik xususiyatlarini biladi.
                      Kerakli jihoz va materiallar: Apiaceae, Rhamnaceae va Elaeagnaceae
               oilalari vakillari gerbariy na’munasi, rasmlar, o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.

                      Kovrak  (Fyerula)  turkumi  vakillari  asosan  Yevrosiyo  va  Afrikada
               tarqalgan. O‘zbekistonda uning 45 turi o‘sadi. Bu turkum vakillari ko‘p yillik
               monokarpik (hayotida bir marta gullab meva beradigan) va polikarpik (har yili

               gullab  meva beradigan)  poyalari  yo‘g‘on  va  baland  bo‘yli  o‘t  o‘simliklardan
               iborat.  Barglari  uzun  bandli,  yirik,  yaprog‘i  bir  necha  3  7  karra  bo‘lingan,
               poyadagi  barglarining  qini  yaxshi  rivojlangan.  Soyabonlari  yirik,  ko‘p  gulli.
               Gullari bir yoki ikki jinsli, sarg‘ish. Mevalari  —pistachadan  iborat.  Kovraklar





                                                                                                            56
   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60   61