Page 53 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 53

27-rasm S.Betonicaeflora  urug‘larining ko‘rinishi (mm)


                      O‘rganilgan  o‘simliklarning  urug‘  mahsuldorligini  o‘rganish  uchun  har
               bir  turdan o‘ntadan  o‘simlik  olindi.  Har  bir  o‘simlikdagi  to‘pgullar  soni,  har
               bir  to‘pguldagi  gullar  soni hamda  bir  o‘simlikdagi  gullar  soni  (PUM)  hisoblab

               chiqildi.  Shuningdek,  bir  to‘pguldagi mevalar  soni,  bir  o‘simlikdagi  urug‘lar
               soni  (HUM)  hamda  urug‘  mahsuldorligi  koeffitsienti hisoblandi.


                      Topshiriqlar:
                      1.S.Betonicaeflora  vakillarini  sistematik tahlil qiling.
                      2.Tog’ quddusi  (S.Betonicaeflora)        oilasining  o‘ziga  xos  morfologik  va

                      biologik xususiyatlarini yozing.
                      3.Tog’ quddusi  tarqalish hududlari bilan tanishing.
                      4.Farmatsevtika  sanoatida  tog’  quddusini   dorivorlk  xususiyati  haqida
                      ma’lumot  to‘plang.


                      Nazorat uchun savollar.


                      1.Tog’ quddusi (S.Betonicaeflora)  o‘ziga xos sitematik belgilari?

                      2.Stachysning qaysi turlarini O‘zbekistonda uchraydi?
                      3.Respublikamizda tarqalgan Stachys vakillarining                               hayotiy shakllari va
                      ahamiyatini ko‘rsating?

                      4. Tog’ quddusi (S.Betonicaeflora) kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

                              MAVZU: KARAMDOSHLAR (BRASSICACEAE),
                 GULXAYRIDOSHLAR (MALVACEAE) OILASI TURKUMI TURLARI

                   NOMENKLATURASINI TAHLILI VA O‘RGANISH QOIDALARI.

                      Karamdoshlar  -  Brassicaceae  oilasi.  Bu  oila  qabiladagi  eng  yirik  oila
               bo‘lib, Yer  yuzida keng tarqalgan 380 ta turkumga  mansub 3200 tadan ziyod
               turlarni o‘z ichiga oladi. Ular Yevrosiyoda keng tarqalgan bir, ikki va ko‘p yillik
               o‘t,  ayrim  butacha  va  past  bo‘yli  butalardan  tashkil  topgan.  O‘rta  Osiyoda





                                                                                                            53
   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58