Page 50 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 50
Masalan, Kavkazda mezofit turlardan faqat S. palustris L. uchraydi. Bu tur
shuningdek Shimoliy Xitoyda va Yaponiyada ham uchraydi, Uzoq Sharqda esa
uchramaydi.
Uzoq Sharqda staxisning 4 turi: S. komarovii Knorr., S. baicalensis Fisch.,
S. chinensis Bge. va S. japonica Miq. uchrab, ulardan S. chinensis Xitoyda,
S. japonica Yaponiya va Xitoyda ham uchraydi.
S. silvatica Sharqiy Osiyoda uchramaydi. Uning areali G‘arbiy Sibir bilan
cheklangan.
Stachys turkumi sistematikasi, geografiyasi va filogeniyasiga bag‘ishlangan
Т.Г. Дйервиз-Соколова tadqiqotlarida ularning O‘rta Osiyo, Kavkaz va boshqa
xududlardagi holati to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
O‘rta Osiyo florasida Stachys turkumining 10 turi uchraydi (tog‘li
provinsiyada).
Morfologik tuzilishi va evolyusion morfologiya tahlillari asosida Lamium,
Stachys va Phlomoides turkumlari Lamiaceae oilasining rivojlanishida qadimiy
turkumlar bo‘lib, ular paleogen davrida shakllangan. Belgilari o‘zgaruvchan
bo‘lganligi bois evolyusiyada keng va xilma-xil turlarni keltirib chiqargan.
Stachys golarktik guruhga kiradi.
Labguldoshlar oilasi vakillarining ko‘pchiligi asosan Xitoyda keng
tarqalgan, shuning bilan birga ko‘pchilik turlari efir moyli, dorivor, asalga boy va
manzarali o‘simliklar hisoblanadi. Oilaning Stachys turkumi vakillaridan Lushans
va Nankins botanika bog‘larida introduksiya qilingan S. sieboldii Miq. rak
kasalligini davolashda qo‘llaniladigan dorivor o‘simlik sifatida qayd etilgan.
Stachys turkumiga Yer sharining mo‘tadil va subtropik rayonlarida hamda
tropik g‘orlarida tarqalgan 300 ga yaqin bir yillik, ko‘p yillik o‘tlar va yarim buta
o‘simliklar kiradi. Sobiq SSSR florasida 50 turi bor. Turkum vakillari asosan
manzarali o‘simliklar sifatida o‘stiriladi, tuproq tanlamaydi, ochiq joylarda yaxshi
o‘sib rivojlanadi, tuplarini ajratish yo‘li bilan, urug‘idan va ba’zi hollarda
qalamchalar orqali ko‘paytirish mumkin. S. lanata Jacq. = S. byzantina C. Koch
o‘simligi 1782 yildan e’tiboran madaniylashtirilgan.
O‘zbekistonda Stachys turkumining 5 turi uchraydi. Shulardan 3 turi
tabobatda qo‘llaniladi. Ular tarkibida efir moylari, alkaloidlar, glikozidlar,
aminlar va boshqa biologik faol moddalar mavjud. Turkum vakillari gipotenziv,
sedativ va bachadonga ta’sir etish xususiyatlariga ega. Aliev R.K. tomonidan
Azarbayjonda tarqalgan S. lanata o‘simligidan bachadonga ta’sir qiluvchi
preparatlar (damlama, nastoyka va suyuq ekstrakt) olingan va amaliyotga tadbiq
etilgan. Stachys turkumining O‘zbekistonda uchraydigan turlari еtarli darajada
50