Page 45 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 45

2.  Qayindoshlarning qaysi turlarini O‘zbekistonda uchraydi?

                      3.  Respublikamizda keng tarqalgan Yong‘oqdoshlar oilasi vakillarining
               hayotiy shakllari va ahamiyatini ko‘rsating?
                      4.  Betulaceae oilasiga mansub 3 ta turni lotincha nomlari bilan ayting?
                      5.  Fagaceae oilasining geografik tarqalishi haqida nimalarni bilasiz?


                     MAVZU: GULTOJIXO‘ROZDOSHLAR (AMARANTHACEAE),

                   SHO‘RADOSHLAR (CHENOPODIACEAE) VA OILASI TURKUMI
                      TURLARI NOMEKLATURASINI                                                TAHLILI VA O‘RGANISH
                                                    QOIDALARI.
                      Dars  maqsadi:  Gultojixo‘rozdoshlar  (Amaranthaceae),  Sho‘radoshlar

               (Chenopodiaceae)  va  Torondoshlar  (Polygonaceae)  oilasi  turkumi  turlari
               nomeklaturasini tahlili va o‘rganish qoidalari va ularning morfologik, biologik
               shuningdek  dorivorlik  xususiyatlari  haqidagi  yangi  bilim,  ko‘nikma,  malakani

               shakillantirish.
                      Identiv o‘quv maqsadi:
                      1.     Amaranthaceae,  Chenopodiaceae,  Polygonaceae  oilasi  turlari

               nomeklaturasini tahlil qila oladi.
                      2.     Gultojixo‘rozdoshlar, Sho‘radoshlar, Torondoshlar oilasi vakillarini
               morfologik va biologik xususiyatlarini biladi.

                      Kerakli  jihoz  va  materiallar:  Amaranthaceae,  Chenopodiaceae,
               Polygonaceae  oilalari  vakillari  gerbariy  na’munasi,  rasmlar,  o‘simliklar
               aniqlagichi, taqdimot.

                      Umumiy tushuncha
                      Gultojixo‘rozdoshlar (Amaranthaceae). Bu oilaga yaxlit yashil barglari
               ketma- ket  yoki  qarama-qarshi  joylashgan  bir  yillik  va  ba’zan  kop  yillik

               o‘simliklar kiradi. Ba’zi vakillarining guli targ‘il yoki to‘q qizil bo‘ladi, gullari
               bir va ikki jinsli , gullari mayda qoplovchi va gul yon bargchalari bor gullari
               to‘dalangan  bo‘lib  bu  to‘dalar  boshoqsimon  ,  ro‘vaksimon  yoki  boshcha

               to‘pgullarga yig‘ilgan bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni  oddiy, pardali uch besh bo‘lakli och
               yashil sarg‘ish va to‘q qizil  rangda bo‘ladi. Otaligi uch beshta , erkin yoki asosan
               pardasimon  nay  bo‘lib  qo‘shilib  o‘sgan.  Tugunchasi  ustki,  bir  uchli  mevasi

               ko‘sakcha ba’zan rezavor.













                                                                                                            45
   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50