Page 48 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 48
glikozidlar, 2,42% staxidrin, 5,72% smola, 135,4 mg% askorbin kislotasi va
antotsianlar mavjudligi aniqlangan. O‘rta Osiyo xalq tabobatida staxisning bu
turi yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
S. recta va S. athyerocalyx Koch. larning flavonoidlari asosida
“staxiren” preparati yaratilib, u surunkali xolesistit va gepatit kasalliklarida
o‘t suyuqligi haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Stachys turkumi turlarining tarqalishi va bioekologik
xususiyatlari
Lamiaceae (Yalpizdoshlar) oilasiga mansub Stachys turkumi turlari Yer
yuzining Arktika, Antarktida, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan boshqa barcha
xududlarida tarqalgan. Shunga qaramasdan sistematik nuqtai nazardan kam
o‘rganilgan turkum hisoblanadi. Bu turkumga 200 dan ortiq turlar kiradi. O‘rta еr
dengizi mamlakatlarida, Old Osiyoda va Janubiy Afrikada staxisning turlari ko‘p
uchraydi.
Stachys turkumi K. Linney tomonidan tasniflanib, 1735 yilda nashr
qilingan “Systema naturae” ga kiritilgan. Bu turkumga yaqin bo‘lgan Betonica
turkumini ham tavsiflagan, hozirgi davrda Betonica turkumini ko‘pchilik botanik
sistematiklar seksiya darajasiga tushirishgan.
Bu ikki turkumning asosiy farqlari quyidagicha: Betonica turkumiga
kiradigan turlarda gulning gultojida tugunchalar bo‘lmaydi, Stachys turlarida esa
yaqqol bo‘ladi. Changdonlar uyachasi Betonica turlarida parallel, Stachys
turlarida esa burchak ostida joylashgan bo‘lib, gullagandan keyin Betonica
turlarida to‘g‘ri joylashadi, Stachys turlarida esa tashqari tomonga qiyshayadi.
Betonica turkumi ko‘pchilik turlariga boshoqsimon ro‘vak, uzun barg bandi xos
bo‘ladi.
И.Т. Василченко fikricha “...Betonica turkumi unga yaqin bo‘lgan Stachys
turkumidan mevalaridagi mexanik to‘qimalarining hujayralari tuzilishi bilan ham
farq qiladi. Bu turkumlar urug‘larining unishida birinchi barglarining
morfologiyasida ham tafovutlar mavjud”. Shunday qilib, muhim morfologik
belgilari o‘xshashligi ularning o‘zaro yaqinligidan dalolat beradi, ammo ularni bir
turkum sifatida tavsiflashga asos bo‘la olmaydi.
Shunday qilib, sistematika jihatidan bu turkum kam o‘rganilgan: kelib
chiqishi, tasniflari bo‘yicha aniqlik deyarli yo‘q, ayrim turlarni bir Stachys
turkumiga kiritilsa, keyinchalik ularni ikki turkumga ajratishadi – Stachys va
Betonica. Zamonaviy DNK – tahliliga asoslangan xemosistematika bo‘yicha bu
ikki turkumning aslida yagona turkumligi aniqlangan.
Stachys turkumini seksiyalarga bo‘lish dastlab Г. Бентам ning “Labiatarum
48