Page 49 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 49
genyera et species” (1832-1836) asarida umumlashtirilgan holda keltirilgan.
G. Bentam Stachys turkumini 9 ta seksiyaga ajratgan:
Sect. I. Alopecuros, Sect. II. Betonica, Sect. III. Yeriostachys, Sect. IV.
Calostachys, Sect. V. Stachyotypes, Sect. VI. Olisia, Sect. VII. Chamoesidyeritis,
Sect. VIII. Ambleeia, Sect. IX. Zietenia.
О.А. Капеллер Kavkazda uchraydigan Stachys turkumining 30 ta turini
tahlil qilishda ularni quyidagi asosiy belgilariga e’tibor qaratgan: halqadagi gullar
soni, gulkosachaga nisbatan gulyonbarg (guloldibarg) ning bo‘yi, tuklanish
xususiyatlari, hayotiy shakli.
Yuqorida keltirilgan Stachys ning 7 ta seksiyasiga kiritilgan turlari Kavkaz
florasida uchraydi (2 tasi uchramaydi).
“Flora SSSR” da (XXI tom) Stachys turkumiga O.E. Knorring batafsil sharh
keltirgan. Seksiyalar tarkibidagi o‘xshash turlarni muayyan qator (guruh) larga
biriktirgan. Bunda asosiy belgilar sifatida barglarining shakli va gultojining
ranglari olingan.
“O‘zbekiston florasi” ning V-jildida Stachys turkumining 5 turiga A.I.
Vvedenskiy sharh byergan. Muallifning fikricha, respublikamizda staxisning 5 ta
turi: Stachys betoniciflora Rupr., S. hissarica Regel, S. setifyera C.A. Mey., S.
silvatica L., S. annua L. uchraydi.
Stachys turkumi tarkibidagi seksiyalar va turlar to‘g‘risida ma’lumotlar
o‘zaro farqlanadi. Shu bois staxis turkumiga oid sistematik masalalarni
oydinlashtirish maqsadida Д.А. Пакалн va boshqalar ularning tarkibidagi
flavonoid va iridoid birikmalarini o‘rganishgan. Stachys turkumining Kavkazda
tarqalgan 20 turidan olingan 50 namuna tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko‘ra
Stachys turkumi flavonoidlarining xaraktyerli belgisi A halqadagi radikallar
ekanligi aniqlangan. Stachys turkumining glikozidlarida D-glyukoza va D-
mannoza bo‘ladi.
Xemotaksonomik muammolarni hal etishda iridoid birikmalari ham muhim
ahamiyatga ega. Stachys turkumiga garpagid, garpagid-asetat, reptozid va
dezasetilreptozid xosdir. Iridoid spektriga bog‘liq ravishda Stachys turkumi
vakillarini (turlarini) aniqlash mumkinligi qayd qilingan.
Н.Н. Свелев fikricha Stachys turkumiga 300 ga yaqin turlar kiradi. Ularning
o‘rtasida sabzavot ekini sifatida xitoy artishoki ajralib turadi, ayrim turlari
manzarali o‘simlik sifatida ishlatiladi.
Stachys turkumining evolyusiyasi ikki yo‘nalishda – ksyerofil va mezofill
tipda taraqqiy etgan. Stachys turkumining asosiy taraqqiy qilgan yo‘nalishi
ksyerofil tipda sodir bo‘lgan, mezofit turlar hozirgi davrda kam uchraydi.
49