Page 54 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 54
oilaning 107 ta turkumga mansub 431 ta turi, O‘zbekistonda 25 ta turkumga oid
193 ta turi o‘sadi. Barglari oddiy, yonbargchasiz, butun yoki qirqilgan, ketma-
ket joylashgan. To‘pguli siyrak shingilsimon. Gullari odatda to‘g‘ri
(aktinomorf), ba’zan zigomorf, 2 jinsli va qo‘sh gulqo‘rg‘onli.
Gulkosachabarglari 4 ta, tutashmagan, gultojibarglari 4 ta, qarama- qarshi
o‘rnashgan. Changchisi ko‘pincha 6 ta, bulardan 2 tasi qisqa, 4 tasi uzun chang
iplariga ega. Urug‘chisi bitta, 2 ta. Gul formulasi: Ca 2+2 Co 2+2 A 2+.4 G (2).
Asosan hasharotlar yordamida, ba’zan o‘z- o‘zidan changlanadi. Tugunchasi
ustki. Mevalari qo‘zoq yoki qo‘zoqcha, ba’zan yong‘oqcha. Urug‘i va birinchi
yilgi tupi va ildizmevasidan ko‘payadi.
Oilaning madaniy o‘simliklar sifatida ekiladigan bosh karam (Brassica
olyeracea), sholg‘om (V. campcstris), turp (Raphanus sativus), rediska (R. Sativa
radicula), o‘sma (Isatis tinctoria) kabilar bor.
Gulxayridoshlar oilasi Malvaceae oilasining 70 turkumga mansub 900
dan ortiq turi tropik va o‘rta iqlimida o‘sadi. MDH da 12 turkumga mansub 72
turi o‘sadi. Bu oila vakillari o‘t, buta va daraxtlardan iborat.
Barglari oddiy, butun yoki panjasimon o‘yilgan. Ketma-ket joylashgan,
yonbargli. Gullari yakka yoki to‘pgulda joylashgan, aktinomorf, ikki jinsli,
gulkosa va gultojbarglari 5 tadan. Gulkosachasi 2 qavatli. Gulkosacha barglari
3-12 tagacha bo‘lib, erkin yoki tutashib o‘sgan. Gultojibarglari yirik, erkin va
rangli. Changchilari ko‘p, ikki doirada joylashgan. Poyasi tik, monopodial va
simpodial shoxlangan. Barglari oddiy, uzun bandli, yirik, 3 - 6 -7 bo‘lakchali,
ikkita yonbargchali. Gullari yirik, gultojibarglari och sariq rangli. Gultoji 5 ta,
erkin. Changchisi ko‘p, ikki doirada joylashgan. Tashqi doiradagi changchilari
rcduksiyalangan. Ginetseyi senokarp, tugunchasi ustki, 3-5 uyali. Mevasi 3-5
uyali ko‘sak, urug‘chi (chigiti)si uzun va qisqa tolalar bilan qoplangan. Bizda
g‘o‘zaning 3 turi va uning har xil navlari ekiladi.
Dars maqsadi: Karamdoshlar (Brassicaceae), Gulxayridoshlar
(Malvaceae) oilasi turkumi turlari nomeklaturasini tahlili va o‘rganish qoidalari
va ularning morfologik, biologik shuningdek dorivorlik xususiyatlari haqidagi
yangi bilim, ko‘nikma, malakani shakillantirish.
Identiv o‘quv maqsadi:
1. Brassicaceae, Malvaceae oilasi turlari nomeklaturasini tahlil qila
oladi.
2. Karamdoshlar, Gulxayridoshlar oilasi vakillarini morfologik va
biologik xususiyatlarini biladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Brassicaceae, Malvaceae oilalari vakillari
54