Page 58 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 58

Ustki tomoni och yashil, ostki tomoni kumushsimon oq ranglidir, gullari bargi
               bilan  bir  vaqtda  chiqib  rivojlanadi  hamda  to‘p  bo‘lib  shoxlarda  joylashadi.

               Changchi gullarining gulqo‘rg‘oni 2 bo‘lakli, 4 changchili. Urg‘ochi gullarining
               gulqo‘rg‘oni                                                      2 bo‘lakli, o‘rtasida bitta uzun ustuncha еtiladi. Yetilgan mevasi
               sershira, to‘q  sariq  apelsin  rangli, ananas  mazasini  byeruvchi,  sharsimon  yoki
               biroz cho‘zinchoq shaklda. May oyida gullaydi, mevasi avgust-sentabr oylarida

               pishadi.  Vitaminga  boy  o‘simlik.    Mevasini  shundayligicha  iste’mol  qilish,
               undan  qiyom,  konserva,  kisel,  vino  va  hokazolar  tayyorlash  mumkin.  Xalq
               tabobatida  qon  bosimini  davolashda,  tishni  chidamli  qilishda  ishlatiladi.

               To‘qayzorlarda, daryo sohillarida o‘sadi.

                      Topshiriqlar:

                      1.    Apiaceae,  Rhamnaceae  va  Elaeagnaceae  oilalari  vakillarini
               sistematik tahlil  qiling.
                      2.    Ziradoshlar  (Apiaceae)oilasining            o‘ziga  xos  morfologik  va

               biologik xususiyatlarini yozing.
                      3.    Chilonjiydadoshlar (Rhamnaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik

               va biologik  xususiyatlarini yozing.
                      4.    Jiydadoshlar  (Elaeagnaceae)  oilasining  o‘ziga  xos  morfologik  va
               biologik                                                       xususiyatlarini yozing.

                      5.    Ziradoshlar  (Apiaceae),  Chilonjiydadoshlar  (Rhamnaceae)  va
               Jiydadoshlar (Elaeagnaceae) oilalarining tarqalish hududlari bilan tarnishing.

                      6.    Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan                uch
               oila turlari  dorivorlk xususiyati haqida ma’lumot  to‘plang.

                      Nazorat uchun savollar.

                      1.  Apiaceae oilasi qanday sistematik belgilarga ega ?
                      2.  Elaeagnaceae oilasining o‘ziga xos belgilari nimalar?

                      3.  Respublikamizda  keng  tarqalgan  tabiiy  holda  o‘suvchi  uch  oila
               turlari, ularning                                                         yashash sharoitlari, hayotiy shakllari va ahamiyatini ko‘rsating?


                  MAVZU: PISTADOSHLAR (ANACARDIACEAE), ZIG‘IRDOSHLAR
                 (LINACEAE) OILASI TURLARI NOMEKLATURASINI TAHLILI VA
                                            O‘RGANISH QOIDALARI.


                      Pistadoshlar — Anacardiaceae oilasiga 80—85 turkum va 600 ga yaqin
               turlar  kiradi.  Ular  asosan  tropik  va  subtropik  hamda  issiq  mo‘tadil  iqlimli





                                                                                                            58
   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63