Page 61 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 61

1.        O‘zbekistonda Pistadoshlar oilasining nechta turkumga oid  turlar
               o‘sadi?

                      2.        Linaceae  oilasining  O‘zbekistonda  uchraydigan  turkumi  va
               unga  mansub  turlar nomini ayting?
                      3.        Gyeraniaceae oilasiga mansub turkumlarni ko‘rsating?


                 MAVZU: RO‘YANDOSHLAR (RUBIACEAE) VA ZAYTUNDOSHLAR
                     (OLEACEAE), PECHAKDOSHLAR (CONVOLVULACEAE) VA
                  ITUZUMDOSHLAR (SOLANACEAE) OILASI TURKUMI TURLARI

                    NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O‘RGANISH QOIDALARI.

                      Dars maqsadi: Ro‘yandoshlar (Rubiaceae) va Zaytundoshlar (Oleaceae),

               Pechakdoshlar (Convolvulaceae) va Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasi turkumi
               turlari nomeklaturasini  tahlili  va  o‘rganish  qoidalari  va  ularning  morfologik,
               biologik  shuningdek  dorivorlik  xususiyatlari  haqidagi  yangi  bilim,  ko‘nikma,

               malakani shakillantirish.
                      Identiv o‘quv maqsadi:
                      1.    Rubiaceae, Oleaceae,  oilasi turlari nomeklaturasini tahlil qila oladi.

                      2.    Ro‘yandoshlar  va  Zaytundoshlar  oilasi  vakillarini  morfologik  va
               biologik xususiyatlarini biladi.
                      Kerakli jihoz va materiallar: Rubiaceae va Oleaceae, Convolvulaceae va
               Solanaceae oilalari vakillari gerbariy na’munasi, rasmlar, o‘simliklar aniqlagichi,

               taqdimot.
                      Umumiy tushuncha

                      Ro‘yandoshlar oilasi еr sharidagi 500 ta turkumga oid 7000 ga yaqin turni
               birlashtiradi.  O‘abekistonda  8  ta  turkumga  mansub  50  ta  tur  o‘sadi.  Oilaning
               ko‘pchilik  turlari  tropik  hududlarda  o‘sadi.  Oila  turlari  asosan  daraxt  va
               butalardan iborat. Barglari qarama-qarshi yoki doira bo‘lib joylashgan. Gullari

               aktinomorf,  ikki  jinsli,  mevasi  ko‘sakcha  yoki  rezavor  meva.  Oila  vakillari
               orasida Arab kofesi (Coffea arabica), Xin daraxti (Cinchona ledgyeriana) kabi
               foydali  turlari  bor.  Janubiy  Amyerikada  yovvoyi  holda  o‘sadigan  Xin  daraxti

               po‘stlog‘ida xinin alkoloidi bor. Bu alkoloid bezgakka qarshi eng yaxshi natija
               byeruvchi dori hisoblanadi. Bu daraxt Indoneziya, Shri Lanka va Hindistonda
               ekiladi.  Markaziy Osiyoda ro‘yan (Rubia tinctorum) keng tarqalgan bo‘lib, uning

               ildizidan alizarin bo‘yog‘i olinadi va undan yana buyrakdagi toshni parchalovchi
               vosita sifatida foydalaniladi.
                      Zaytundoshlar oilasi vakillari daraxt va buta o‘simliklardir. Ularning






                                                                                                            61
   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66