Page 55 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 55

gerbariy  na’munasi,  rasmlar,  o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.
                      Topshiriqlar:

                      1.        Brassicaceae,  Malvaceae  oilalari  vakillarini  sistematik  tahlil
               qiling.
                      2.        Karamdoshlar  (Brassicaceae) oilasining  o‘ziga  xos  morfologik
               va biologik  xususiyatlarini yozing.

                      3.        Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik va

               biologik  xususiyatlarini yozing.
                      4.        Karamdoshlar,  Gulxayridoshlar  oilalarining                    tarqalish
               hududlari        bilan                                                 tarnishing.
                      5.        Farmatsevtika  sanoatida  Respublikamizda  qo‘llaniladigan  ikki

               oila  turlari                                   dorivorlik xususiyati haqida ma’lumot  to‘plang.


                      Nazorat uchun savollar.


                      1.        Brassicaceae  oilasining o‘ziga xos sitematik belgilari?
                      2.        Malvaceae oilasining qaysi turlarini O‘zbekistonda uchraydi?

                      3.        Respublikamizda         keng     tarqalgan      Karamdoshlar        oilasi
               vakillarining  hayotiy shakllari va ahamiyatini ko‘rsating?


                  MAVZU: ZIRADOSHLAR (APIACEAE), CHILONJIYDADOSHLAR
                  (RHAMNACEAE) VA JIYDADOSHLAR (ELAEAGNACEAE) OILASI
                       TURKUMI TURLARI NOMENKLATURASINI TAHLILI VA

                                            O‘RGANISH QOIDALARI.
                       Ziradoshlar (Soyabondoshlar) oilasi — Apiaceae (Umhellifyerae). Bu
               oila 300 taga yaqin turkumga mansub 3000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ular
               butun  Yer shari  bo‘ylab  keng  tarqalgan.  O‘rta  Osiyoda  oilaning  97  turkumga

               mansub 422 ta turi , O‘zbekistonda 69 ta turkumga oid 198 ta turi o‘sadi. Hayotiy
               shakliga ko‘ra oilada bir va ko‘p yillik o‘tlar ustunlik qiladi, qisman yarim buta
               va  butalardan  iborat.  Barglari  turli  darajada  bo‘lingan,  butunlari  ham  bor.

               Ko‘pincha turlarida (kavrak) bargining asosida qini (novi) bo‘ladi. To‘pguli oddiy
               yoki murakkab soyabon, kallakchadan iborat. Gullarining rangi juda ham xilma-
               xil, gulqo‘rg‘oni murakkab, gulkosachabarglari rcduksiyalangan 5 tadan, mayda,

               gultojibarglari 5 ta, tulashmagan.  Changchisi  5  ta,  urug‘chisi  2  ta,   tugunchasi
               ostki.    Mevasi    —    pistacha  Gul formulasi: Ca 5-0 Co 5 A 5 G (2)

                      Oila 3 oilachaga bo‘linadi. Bulardan eng kattasi, ya’ni turkum va turlarga
               boyi  Apiumdoshchalar  (Apioideae)  oilachasi  bo‘lib,  u  O‘zbekistonda  keng





                                                                                                            55
   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60