Page 52 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 52
ya’ni tuganaklarining massasi o‘simlik biomassasining 5% dan oshmaydi.
Mualliflarning izlanishlarida staxis еr ostki qismining nafas olishi o‘rtacha 0,7 mg
CO 2/g quruq modda/soatga teng bo‘lgan. Mavsumning oxirida uglevodlarning
miqdori еr ostki organlari biomassasining 50% gacha еtadi. Bu davrda nafas olish
jadalligi stolonlar shakllanishi davriga nisbatan 1,5 marta oshadi. Shu bois
vegetatsiya mobaynida assimilyatlarning еr ostki organlarga o‘tishi sodir bo‘ladi
(chunki kuzda ham ulardagi metabolik jarayonlar yuqori darajada sodir bo‘ladi).
Н.В. Пыстина staxisning turli organlarida nafas olish jarayonining tezligini
o‘rgangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, staxisning barglari shakllanayotgan
tuganaklariga nisbatan ikki marta jadal nafas olishgan.
Z.I. Mavlonqulova, H.X. Xolmatov, M.N. Maxsumov ma’lumotlariga ko‘ra,
tog‘ qudusi (S. betonicaeflora) bo‘yi 100 sm ga еtadigan sertuk o‘t o‘simlik. Tog‘
qudusi tog‘larning o‘rta qismida, butalar orasida o‘sadi. Tibbiyotda tog‘
qudusining еr ustki qismidan qon ketishini to‘xtatuvchi vosita sifatida
foydalaniladi.
O.Q. Xojimatov Stachys turkumining 2 turi – S. betonicaeflora va S.
hissarica ni G‘arbiy Tyan-Shan florasida uchrashini qayd qilgan.
I.V. Belolipov tomonidan Stachys turkumining 4 turi – S. turcomanica, S.
turkestanica, S. hissarica, S. betonicaeflora O‘rta Osiyo florasidan “Botanika
bog‘i” ga introduksiya qilingan va introduksiya sharoitlarida ularning fenologik
va bioekologik xususiyatlari ko‘p yillar (19 yil) davomida o‘rganilgan.
Urug‘ mahsuldorligi
O‘simlikning urug‘ mahsuldorligi shu turning istiqbolini belgilovchi
omil hisoblanadi. Har qanday turning biologik tavsifini berish uchun uning
urug‘ mahsuldorligini aniqlash talab qilinadi. Bu esa mazkur turni tabiatda
va iqlimlashtirilgan sharoitda qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatadi. O‘rganilgan
o‘simliklar urug‘larining ichki tomoni uchta qirrali, tashqi tomoni qavariq
shakldagi yong‘oqcha. S. Betonicaeflora da urug‘larining rangi to‘q jigarrang
tusda bo‘lib (3.13-rasm), S. Betonicaeflora da urug‘larining uzunligi 3,9±0,14
mm, eni 2,4±0,09 mm ni tashkil etdi (3.3-jadval). 1000 dona urug‘ining
massasi S. Betonicaeflora da 1,35±0,05 g ga teng bo‘ldi.
Biz adabiyotlardan Stachys turkumi turlarining urug‘ mahsuldorligi
to‘g‘risida ma’lumotlar topa olmadik. Shu sabab, Toshkent sharoitida 2021-
2022 yillarda o‘rganilgan o‘simliklarda potensial urug‘ mahsuldorligi (PUM)
va haqiqiy urug‘ mahsuldorligi (HUM) ni aniqladik.
52