Page 47 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 47

3.        Respublikamizda         keng     tarqalgan      Sho‘radoshlar       oilasi
               vakillarining                               hayotiy shakllari va ahamiyatini ko‘rsating?

                      4.        Chenopodiaceae oilasiga mansub 3 ta turni lotincha nomlari bilan
               ayting?



                       MAVZU: TOG’ QUDDUSI - (STACHYS BETONICAEFLORA)
                              TURKUMI TURLARINI ANIQLASH USULLARI
                      Tog‘  quddusi  Yasnotkadoshlar  (labguldoshlar)  –  Lamiaceae  (Labiatae)

               oilasiga mansub,  bo‘yi  40-100  sm  ga  еtadigan  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simlik.  O‘rta
               Osiyo  va Qozog‘istonning  (Tyanshan  va  Pomir-Oloy)  tog‘  etaklaridan  to
               o‘rta  qismigacha  bo‘lgan еrlarda,  tog‘  qiyaliklarida,  butalar  orasida  o‘sadi.

               Poyasi  tik,  to‘rt  qirrali,  sertuk.  Barglari yumaloq  yoki  cho‘ziq  tuxumsimon,
               to‘mTok  arrasimon  qirrali  (poyasining  o‘rta  va  yuqori qismidagilari kichikroq,
               nashtarsimon,  arrasimon  qirrali va bandsiz) bo‘lib,  bandi  yordamida poyasida
               qarama-qarshi  o‘rnashgan.  Mayda,  qizg‘ish-binafsha  rangli,  besh  bo‘lakli

               (gultojisi  ikki    labli)    gullari    10-12    tadan    to‘p-to‘p    bo‘lib    joylashgan
               boshoqsimon  gulto‘plamni  tashkil qiladi.  Mevasi  –  4  ta  yong‘oqcha.  Iyun-

               avgust  oylarida  gullaydi,  mevasi  avgust-sentyabrda еtiladi.  S.  Betonicaeflora
               quruq  massasining  mikroelementlar  tarkibi  o‘rganilganda  (mg/kg hisobida)
               Cu-37,08,  Fe-1175,7,  Mn-807,2, Co-4,67,  Zn-88,73, Cd-20,99,  Pb-28,7,  Hg-
               0,36 borligi aniqlangan. Tibbiyotda asosan еr ustki qismi qo‘llaniladi.

                      Staxisning  tuganaklarida  20-24%  quruq  modda  bo‘lib,  shundan  14-
               19,5%  uglevodlar, 1,5-1,67% amidlar, 15%  yaqini  oqsil  moddalari, 0,73-0,90%
               kletchatka, 0,18-0,22% yog‘lar, 1,02-1,80%  kul  va  10-12  mg%  S  vitamini

               mavjud.    П.Ф.  Кононков,    И.Н.  Васяқин  ma’lumotlariga    ko‘ra,    staxis
               tuganagidagi  azotli  birikmalarning  19,01%  oqsil,  42,9% aminokislotalarning
               amidi, 5,8% esa tarkibi aniqlanmagan azotli birikmalardan iborat.


                      Staxisning  tuganagidagi  uglevodlar  ko‘pchilik  tuganaklarga  xos  bo‘lgan
               kraxmal bo‘lmasdan,  tetrasaxarid-staxiozadan  iborat.  Staxioza  2  molekula
               galaktoza,  α-glyukoza  va bir  molekula  β-fruktoza  birikmasidan  iborat  bo‘lib,

               suvda  yaxshi еriydi,  shirin  ta’mga ega,  gidroliz qilinganida manninotrioza hosil
               qiladi.
                      Xalq  tabobatida  S. betoniciflora  (o‘zbekcha  tog‘  qudusi)  ning  gullaridan

               tayyorlangan qaynatma yurak kasalliklarini, ayniqsa yurak nevrozini davolashda
               ishlatiladi.
                      S. betoniciflora ning еr ustki qismida 0,83% efir moylari, 1,43% flavonoid





                                                                                                            47
   42   43   44   45   46   47   48   49   50   51   52