Page 43 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 43
uchida joylashadi. Har qaysi urug‘chi gulini 2 ta gul yonbargchasi va 4ta
kosachabargi bor. Urug‘chi gulkosacha bargi gulyonbargchalari bilan qo‘shilib
o‘sib, mevaning po‘stlog‘ini hosil qiladi. Urug‘chisi 2 ta meva bargning
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan 2 tumshuqchali. Tugunchasi ostki bir uyali va bir
urug‘ kurtakli. Mevasi yong‘oq yoki danakli soxta meva.
Juglans regia L. – Гречиский орех
– Grek yong‘og‘i. Juglandaceae
A.Rich.ex Kunth.
Yong‘oqdoshlar. Turkum nomi
Pliniy va b. Mualliflar tomonidan shu
nomda keltirilgan. Kimyoviy tarkibi.
Po‘stida triterpenoidlar; Bargida
fenolkarbon kislota va ularning
hosilalari, aldegidlar, spirtlpr, yog‘lar;
gulidamonoterpenoidlar, azot
saqlovchi birikmalar, flavonoidlar,
23-rasm fenolkarbon kislotalar va ularning
hosilalari, mevasida- naftoxinonlar bor. Tur nomi yunon tilida “regius”- ko‘rkam,
dabdabali ma’nosida shox-shabbasini ko‘rinishini ifodalaydi.
Ishlatilishi. Bargi bolalarda pankratitni davolovchi yig‘malar
tarkibiga kiradi, flavonoidlar yig‘masi (summa) qandni kamaytiruvchi,
bakteriotsid xususiyatga ega. Bargi va mevalarining ekstrakti
immunostimulyator sifatida tavsiya qilingan.
Qayindoshlar oilasi vakillarining barglari navbatlashib o‘rnashgan,
bandli, yonbargchalari ham bor, bir uyli ba’zan ikki uyli daraxt va buta
o‘simliklardir. Bu oilaning asosiy xaraktyerli belgisi Erkak gulining ham
urg‘ochi gulining ham kuchalasimon to‘pgulli bo‘lishidir. Otaligi 2-12 ta bo‘lib,
gulqo‘rg‘on bargchalari qarshisida joylashgan. Urg‘ochi to‘pguli kallak yoki
boshoqsimon. Urg‘ochi guli 2 mevabargli, 2 uyali va ostki tugunchali, har qaysi
tugunchada bittadan urug‘kurtak hosil bo‘ladi. Mevasi bir urug‘li yong‘oq yoki
yong‘oqcha, qanotli meva.
43