Page 38 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 38

daraxt,  buta,  baʼzan  sut  shirasiz  oʻt  oʻsimliklar.  Barglari navbatlashib       yoki
               qaramaqarshi  joylashgan,  butun,  oʻyilgan  yoki  qaychibarg  ,  yonbargli.

               Toʻpgullari  —  kuchala,    boshoq,  roʻvaksimon  yoki  boʻsh  sharsimon.  Gullari
               ayrim  jinsli, bir yoki ikki uyli. Gulqoʻrgʻoni oddiy odatda, 4 boʻlakli.  Changchisi
               toʻrtta,  urugʻchisi  bitta.  Mevasi  danaksimon  yoki  yongʻoqcha,  birlashib  etli
               toʻpmeva  hosil  qiladi.  Tutdoshlarga  53  turkum  va  1400  ga  yaqin  tur  kiradi.






               Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda, qisman                                            oʻrta mintaqada tarqalgan.



                                                              Morus L. – Красная шелковица –
                                                             Qizil tut (Moraceae Link – Тутовые -
                                                                           Tutdoshlar).
                                                                 O‘zbekistonda   tutning   ikki turi oq
                                                            tut, baliq  tut – Morus alba L.  va  qora tut
                                                            (Shotut ham deyiladi) – Morus nigra L.
                                                            Keng     ko‘lamda  ekiladi.  Esxil  (yunon

                                                            yozuvchisi)  tut  daraxtini  shu  nomda
                                                            keltirgan, Ovidiy (lotin yozuvchisi) tut
                                                            daraxtini    mevasini      “morum”        deb

                                14-rasm                         atagan.
                     Kimyoviy tarkibi. Tut bargi tarkibida efir moyi, S vitamini, terpenoidlar,
               organik kislotalar, mevasida qandlar, bo‘yoq, pektin, oqsil, oshlovchi moddalar

               bor.
                     Dorivor  mahsuloti:  Fructus  Folia  Morusi  –  Tut  mevasi  va  barglari.
                       Ishlatilishi:  Shotut  po‘stlog‘i  va  bargi  qaynatmasi  stomatologiyada  va
               tomoq  kasalliklarida  og‘izni  chayishga  tavsiya  etilgan.  Mevasini  iste’mol

               qilish yurak hastaliklarini davolashda ijobiy natija bergan.
                      Tutdoshlarning eng yirik turkumlaridan biri fikus (Ficus) doim yashil yoki
               barg  toʻkadigan daraxt, buta, baʼzan oʻt oʻsimliklari hisoblanadi. 1000 ga yaqin

               turi bor. Bargi turli shaklda, yonbargli, koʻpincha toʻkiluvchan. Fikuslardan anjir
               (F.  carica)  uzoq    yashovchi  daraxt.  Barglari  oddiy,  3—5  boʻlakchali,
               toʻkiluvchan.  Gullari  toʻpgulining  ichida  oʻrnashgan.  Tutdoshlarning  yana  bir

               yirik  turkumi  Tut  (Moras)  Shimoliy  yarim  sharning  moʻtadil  mintaqalarida
               tarqalgan.
                      Gazandadoshlar (Urticaceae) oilasi 45 turkumga kiruvchi 850 ga yaqin

               turni o‘z  ichiga oladi. O‘zbekistonda 2 turkumga oid 4 ta turi o‘sadi. Bu oilaga
               ikki uyli bazan bir uyli o‘t, ayrim daraxt yoki butalar kiradi. Ko‘p vakillarida
               kuydiruvchi tukchalar bo‘lib , badanni qichitadi, shu sababli qichitqi o‘t ham deb





                                                                                                            38
   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42   43