Page 34 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 34

panjasimon  –  o‘yma  yoki  qirqma,  oddiy  (ba’zilarida  murakkab).  Gullari  ikki
               jinsli,  ko‘pchilik  turlarida  to‘g‘ri  (akti-nomorf),  ayrim  turlarida  qiyshiq  (zigo-

               morf).  Gulqo‘rg‘oni  oddiy  yoki  qo‘shqavat.  Sallagul  (Paeonia),  suvyig‘ar
               (Aquilegia),  parpi  (Aconitum),  isfarak  (Delphinium),  ayiktovon  (Ranunculus)
               kabi  turkumlarga  mansub  o‘simliklarning  gulkosasi,  ko‘pchilik  turlarida  esa
               gultojlari  ham  besh  bargli.  Aksariyat  turlarida  changchi  va  urug‘chilar  ko‘p.

               Mevalari – bargak yoki yong‘oqcha, kamdan-kam                                     hollarda ko‘sakcha shaklida.
               Ayiqtovondoshlarning  1500  ga  yaqin  turi  bor.  Tropik  zonadan  boshlab
               shimolidagi barcha mintaqalarda uchraydi.  Markaziy Osiyoda 200 dan ziyod turi

               (25 turkumi)  bor.  O‘zbekistonda  Ayiqtovondoshlarning  ayiqtovon,  isfarak,
               pufanak (Anemone), adonis (Adonis), suvyig‘ar kabi turkumlariga mansub juda
               ko‘p turlari o‘sadi. Ba’zilari, sallagul, isfarak, suvyig‘ar xushmanzara o‘simlik,

               ayrimlari esa, adonis, ayiqtovon, parpilar dorivor o‘simlik. Oilaning ayiqtovon,
               parpi singari turkumlariga mansub turlarning tarkibida zaharli moddalar (alkaloid
               va glikozidlar) bor. Shu sababli bundan o‘simliklar o‘sgan o‘tloqlarda mol boqish

               xavfli.
                      Ishning borishi
                      Tegishli miqdordagi ko‘rgazmali qurol еtarli darajada bo‘lmagan taqdirda,

               gerbariy materiallaridan, mavjud rasm va jadvallardan foydalaniladi.
                      O‘simlikning  tuzilishi  to‘liq  o‘rganilgach,  uning  alohida  qismlarining
               (novdasi, bargi, guli) surati va gul diagrammasi chiziladi va nihoyat o‘simlikning

               qisqa va aniq tavsifi beriladi.




























                                    10-rasm                                                        11-rasm.

                      Nazorat uchun savollar:




                                                                                                            34
   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39