Page 39 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 39
ataladi. Barglari qarama-qarshi joylashgan. Gullari ayrim jinsli, gulqo‘rg‘oni
oddiy, rangsiz 4 ta mayda qo‘shilib o‘sgan yoki erkin bargchalardan iborat,
changchilari 1-4 ta, urug‘chisi bitta mevabargdan iborat. Tugunchasi ustki.
Mevasi yong‘oqcha. Gazanda (chayon o‘t) – (Urtica) turkumiga bir jinsli, ikki
uyli, barglari kuydiruvchi tukchali o‘simliklar kiradi. Gazanda (Urtica dioica)
ko‘p yillik o‘t bo‘lib, yo‘l yoqalarida, ekinlar orasida, ariq bo‘ylarida o‘sadi.
Undan dorivor o‘simliklar sifatida foydalaniladi.
Urtica dioica L. – Крапива
двудомная -Газанда, Қичитқи ўт
(Urticaceae Endl.-Газандадошлар).
Turkum nomi antik Rim mualliflari
(Katull, Goratsiy, Pliniy va b.) asarlarida
keltirilgan. Lotin tilida “urere” - yoqmoq
ma’nosida bo‘lib, o‘simlik poyasi va
barglaridagi tuklarda kislota borligi tufayli
terini kuydirish (chaqish) xususiyatiga ega.
Tur esa “dioicus” yunoncha “di” – ikki,
ikkibor va “oicos” - uy, turar joy ma’nosida
urug‘chi va changchi gullarini har xil
tuplarida alohida rivojlanishi uchun atalgan.
15- rasm.
Kimyoviy tarkibi: Barglari tarkibida vitominlar ( C, K, B 2 ) karotinoidlar,
efir moyi, uglevodlar, organik kislotalar, ildizida uglevodlar, steroidlar, еr ustki
qismida karotinoidlar, vitaminlar, mikroelementlar, oshlovchi moddalar bor.
Dorivor mahsuloti: Folium Urticae – Gazanda bargi.
Ishlatilishi. Gazanda bargidan tayyorlangan va olingan preparatlar
ichki a’zolardan (buyrak, o‘pka, oshqozon-ichak, bachadon) qon oqishini
to‘xtatishda qo‘llaniladi. O‘simlik turli yig‘malar, choylar tarkibiga
qo‘shiladi. Bargidan olinadigan xlorofil turli yaralarga malham hamda modda
almashinishini yaxshilash uchun tavsiya etilgan.
39