Page 35 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 35

1.  Zirkdoshlar oilasi qanday sistematik belgilarga ega ?
                      2.  Ayiqtovondoshlar oilasining o‘ziga xos belgilari nimalar?

                      3.  Respublikamizda  keng  tarqalgan  tabiiy  holda  o‘suvchi  ikki  oila
               turlarini ayting?
                      4.  Ranunculaceae Juss oilasi vakillari  yashash sharoit qanday?
                      5.  Byerbyeridaceae Juss oilasi vakillari hayotiy shakllarini ayting?


                         MAVZU: KO‘KNORDOSHLAR - (PAPAVERACEAE) VA
                             SHOTARADOSHLAR - (FUMARİACEAE)  OILASI

                        TURKUMI TURLARI NOMEKLATURASINI TAHLILI VA
                                           O‘RGANISH                                                   QOIDALARI.
                      Dars  maqsadi:  Ko‘knordoshlar  (Papavyeraceae  Juss),  Shotaradoshlar

               (Fumariaceae  DC)  oilasi  turkumi  turlari  nomenklaturasini  tahlili va  o‘rganish
               qoidalari va ularning  morfologik, biologik shuningdek dorivorlik xususiyatlari
               haqidagi yangi bilim, ko‘nikma, malakani shakillantirish.

                      Identiv o‘quv maqsadi:
                      1.     Papavyeraceae  Juss  va  Fumariaceae  DC                     oilasi  turlari
               nomenklaturasini tahlil qila oladi.
                      2.     Ko‘knordoshlar va Shotaradoshlar  oilasi vakillarini  morfologik va

               biologik hususiyatlarini biladi.
                      Kerakli jihoz va materiallar: Papavyeraceae Juss va Fumariaceae DC

               oilalari vakillari gerbariy na’munasi, rasmlar, o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.
                      Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
                      Bu qabilaning vakillari asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar, ba‘zan buta,
               yarim  buta  yoki  past  bo‘yli  daraxtlardan  tashkiltopgan.  Barglari  yonbargsiz,

               novdada  aksariyat  navbatlashib,  ba‘zi  hollardagina  qarama-qarshi  yoki  halqa
               hosil qilib o‘rnashgan. Yog‘ochlik naylari oddiy pyerforatsiyali. Gullari bittadan
               yoki bir nechtadan to‘pgullarda o‘rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf yoki zigomorf,

               gulqo‘rg‘oni  murakkab,  qismlari  2-4  tadan.  Gultojbarglari  6  (8-12)  ta,
               changchilari  ko‘p,  ginetseyi  parakarp,  2(3-20)  meva-bargdan  tashkiltopgan,
               tugunchasi  ustki.  Mevasi-ko‘sak,  ko‘proq  qo‘zoqsimon  ko‘sak.  Belgilar

               majmualariga  ko‘ra  ko‘knornamolar,  ayiqtovonnamolarga  va  o‘rmonqora-
               namolarga  ancha  yaqin  turadi.  Qabila  hozirgi  sistemalarga  ko‘ra  uchta:
               ko‘knordoshlar        (papavyeraceae),        bo‘g‘immevadoshlar          (hypecoaccae),

               shotaradoshlar (fumariaceae) oilalariga bo‘linadi.
                      Ko‘knordoshlar (papavyeraceae) oilasining 24 turkumga mansub, 250 dan
               ziyodroq turlari bor. Shulardan O‘zbekistonda 9 turkumga oid 32 turi tarqalgan.





                                                                                                            35
   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40