Page 30 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 30

bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga aniq ajralgan. Barglari poyada qarama-qarshi yoki
               xalqa  bo‘lib  joylashgan, ikki  uyli  o‘simlik.  Mikrostrobillari  ayrim  xollarda

               boshoqcha shaklida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan, ost tomonida 8 juft qipiqsimon
               barglari bor. Barglari poyada qarama-qarshi  yoki  xalqa  bo‘lib  joylashgan,  ikki
               uyli.  Barg  qo‘ltig‘ida  ikki  bargli  “gul  qo‘rg‘onidan”  iborat  mikrosifofil
               (changchi)lari joylashgan. Megastrobillari ham boshoqcha shaklida, ost tomonida

               qipiqsimon qoplama barglari bor, uning ustida esa yopqich barglar bilan yarim
               yopiq  xolda  joylashgan  bitta  urug‘murtak  mavjud.  Qoplama  barg  ikki  qavat,
               uning  ichkisi  naysimon  uzun  tortgan, shamol  yordamida  tarqaladigan  changni

               tutib  olishga  moslashgan.  No‘tsellus  ichida  boshlang‘ich  endosperm  va  ikkita
               arxegoniy  joylashgan.  Urug‘lanish  natijasida  vujudga  kelgan  zigotadan
               urug‘murtak, undan esa,  o‘z navbatida urug‘ shakllanadi. Uning ustki qatlami

               qattiqlashadi, qoplama barglari esa yumshoq, etli va shirali holatga o‘tadi.
                      Qarag‘aydoshlar- Pinaceae oilasi, 10 ta turkum va 250 taga yaqin turni o‘z
               ichiga                                                       oladi. Shimoliy Yevrosiyo va Shimoliy Amyerikada tayga o‘rmonlarini

               hosil  qiladi.  Qarag‘aydoshlar,  asosan,  doimo  yashil,  qisman  bargini  to‘kuvchi
               daraxt hamda ayrim yotib o‘suvchi butalardan tashkil topgan. Barglari ignasimon,
               tangachasimon, ingichka                                               nashtarsimon, turlicha kattalikda. Qarag‘aydoshlaming
               barglari, asosan ko‘p yillik, 2- 7 yilgacha to‘kilmaydi. Qubbalari ayrim jinsli, bir

               uyli.  Erkak  qubbasi  juda  mayda,  bahorda  o‘sib  chiqqan  novdalar  asosida
               boshoqchaga o‘xshash cho‘ziq shaklda,  sariq rangda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan.

               Urg‘ochi  qubbalari  yakka-yakka  joylashgan.  Erta  bahorda  о‘sib  chiqqan  yon
               novda uchida hosil bo‘ladi. Chunki shamol uchirib kelgan changlarni tutib qoladi.
               Qarag‘ay turkumiga 100 ga yaqin turga ega, tabiiy sharoitda Ozarbayjon bilan
               Gruziyada  o‘suvchi  eldar  qarag‘ayi,  qurg‘oqchillikka  chidamliligi  uchun

               O‘zbekistonning  ko‘pchilik  shaharlarida  manzarali  daraxt  sifatida  о‘stiriladi.
               Qarag‘ay doimo  yashil  daraxt.  Subtropik  iqlim  mintaqalarida  qarag‘ay  turlari
               tog‘li o‘lkalarda o‘sadi va o‘z arealida aralash yoki sof o‘rmonlarni hosil qiladi.

               Bu turkumning oddiy qarag‘ay - Pinus selvestris, Sibir qarag‘ayi-P.sibirica kabi
               turlari  keng  tarqalgan.  Qrim va  Kavkazda  Kavkaz  qarag‘ayi  o‘sadi.  Oddiy
               qarag‘ay-  areali  keng  hisoblanadi.  O‘rta va  Shimoliy  Yevropadan  Shimoliy

               Osiyoga qadar tarqalgan. U muhit sharoitini tanlamaydi. Janub sharoitida tog‘li
               hududlarda,  qumloq  daryo  sohillarida,  botqoqliklarda  o‘rmon  hosil  qiladi.
               Yorug‘sevar poyasi tik o‘sadi, balandligi 20-40 m.                            Po‘stlog‘i qizg‘ish-qo‘ng‘ir.

               Urug‘i yordamida ko‘payadi.
                      Qoraqarag‘ay  turkumiga  30-50  ga  yaqin  tur  kiradi.  Ular  soyasevar
               o‘simliklar                       bo‘lib,  Shimoliy-sharqiy  Yevropada  va  Sharqiy  Sibir,  Kavkazda,





                                                                                                            30
   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35