Page 25 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 25
18 Subsyerics - seriyacha, kichik -
seriya
19 Spccics - tur -
20 Subspccics - turcha, kichik tur -
21 Varictas - tur xili -
22 Forma - forma, xil, shakl -
Topshiriqlar:
1.O’zbekcha botanika terminlari haqidagi nazariy bilimlar bilan tanishing.
2.Sistematik birliklarni lotincha nomlari bilan ketma-ketlik asosida aytib bering.
3.Botanika nomenklaturasi qoidalariga muvofiq sistematik birliklarni ifodalovchi
maxsus qo’shimchalarni daftaringizga yozib oling.
4.Sistematik birliklarning nomlari va qo‘shimcha (affiks)lari tushurilgan jadvalni
daftaringizga yozib oling.
Nazorat uchun savollar:
1. Yirik taksonlarga beriladigan qo‘shimcha (affiks)lar haqida ma’lumot bering?
2. Akad. Q.Z. Zokirov o‘zbek botanikasiga qo’shgan hissasi?
3. Katigoriyalardagi qo’shimchalar haqida ma’lumot bering?
4. O‘.Pratov, M.Nabiyevlarning „O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining
zamonaviy tizimi" (2007) nomli asarlari haqida gapirib bering?
MAVZU: QIRQBO‘G‘IMDOSHLAR - (EQUISETACEAE) VA
QIRQQULOQDOSHLAR - (ATHYRIACEAE) OILASI TURKUMI
TURLARI NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O‘RGANISH
QOIDALARI.
Qirqbo‘g‘imlilar (Eguisetophyta) bo‘limiga mansub o‘simliklar
poyasining bo‘g‘im va bo‘g‘im oralig‘idan iborat ekanligi bilan xarakterlanadi.
Bo‘g‘imlarida mayda barglar o‘zining tub qismi bilan halqa shaklida o‘rnashgan.
Hozirgi davrda tarqalgan qirqbo‘g‘imsimonlarning faqat bir – qirqbo‘g‘imdoshlar
(Eguisetaceae) oilasi va qirqbo‘g‘im (Eguisetum) turkumi mo‘tadil iqlimli
mintaqada tarqalgan.
O‘zbekistonda keng tarqalgan tipik vakili – dala qirqbo‘g‘imi (Eguisetum
arvense) tashqi tuzilishi va spora hosil qilishidagi o‘ziga xosligi bilan boshqa
yuksak sporali o‘simliklardan keskin farqlanadi.
Qirqquloqsimonlar (Ptyeridophyta) bo‘limiga mansub hozirgi vaqtda
tarqalgan o‘simliklarning poya va barglari murakkab tuzilishga ega. Poyasi
25