Page 21 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 21

2. Sistematik birliklar  nima?
               3. Katigoriyalardagi qo’shimchalar haqida ma’lumot bering?

               4. A.L. Taxtadjyanning “Magnoliofita” nomli monografiyasi nima haqida?

                   MAVZU: SISTEMATIK (BIRLIKLAR (KATEGORIYALAR)NING
                               NOMLARI VA QO‘SHIMCHA (AFFIKS)LARI

                      Dars maqsadi: Talabalar Sistematik birliklar kategoriyalarining nomlari
               va  qo’shimcha  (affiks)  lari  haqida    mukammal  o’rganib,  dorivor  o‘simliklar
               sistematikasi, o‘simliklarning asosiy oilalari va ularning vakillarini tahlil etish va

               amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
                      Identiv o‘quv maqsadi:

                      1.O‘simliklar sistematikasida turlarni binar nomeklatura asosida oilalarini
               aniqlay  oladi.
                      2.Dorivor o‘simliklar lotincha (nomeklatura) nomlarini o‘qish qoidalarini

               biladi.
                      Kerakli  jihoz  va  materiallar:  O‘quv-uslubiy  qo‘llanmalar,  tarqatma
               materiallar,  o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.


                      O‘simliklarga  bag'ishlab  o‘zbek  tilida  nashr  etilayotgan  ayrim  ilmiy
               ommabop  asarlarda,  ba’zi  maqolalarda  hamda  darslik  va  qo‘llanmalarda

               o‘simliklarni     nomlashda       chalkashliklarga      yo‘l     qo‘yilib,    atama     va
               kategoriyalarning  nomlari  buzib  yozilmoqda.  Bulardan  tashqari,  bir  tur  yoki
               turkumga  mansub  o‘simlikning  bir  necha  nomlar  bilan  yozilish  hollari  ham
               kuzatilmoqda.  O‘simliklarning  o‘zbekcha  botanik  terminlari  va  ularning  ilmiy

               asoslari  hamda  turli  darajadagi  kategoriyalarning  nomlari  to‘liq  ishlab
               chiqilmaganligi  sababli  nashr  etilgan  darsliklarda  birliklarning  nomlarini

               yozishda  bir  qator  kamchiliklarga  yo‘l  qo‘yilgan.  Ana  shu  xilma-xillikni
               qiyoslash  maqsadida  o‘zbek tilida  turli vaqtlarda nashr etilgan  botanikaga  oid
               darsliklarga (Kursanov va b., 1963; Sahobiddinov, 1966; Burigin va b., 1977;
               Hamdamov va b., 1990; Mahkamova, 1995) qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Darsliklar

               oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yozilganligi tufayli keltirilgan kategoriya va
               taksonlarning soni jihatidan ancha farq qiladi. Darsliklarda qabul qilingan yirik
               birliklar—bo‘limlami yozishda ham ba’zi kelishmovchiliklar mavjud. Jumladan,

               rus  tilidagi  „Моховидные"  (bo‘limi)  o‘zbek  tilida  „Moxsimonlar",
               „Yo‘sinsimonlar"        deb,    „Псилотовидные          "    —      „    Psilotsimonlar",
               „Psilofitsiomonlar", „Psilotlar" deb, „Хвощевидны е" —„ Ponabarglilar" yoki

               „Bo‘g'imlilar",      „Ponabargsimonlar"         deb,     „Папоротниковидные"            —




                                                                                                            21
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26