Page 19 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 19

bering.
               3.  Lotin alfavitidagi harflar talaffuzi va ularning o‘qilishini daftaringizga yozib

               oling.
               4.  Harflar  talaffuzi  va  ularning  o‘qilishi  qoidalari  bilan  tarnishing,  ish
               daftaringizga                                          yozib oling.
               5.  “O‘zbekiston yuksak  o‘simliklarining  zamonaviy  tizimi”  qo‘llanmasidan

               ixtiyog’iy 5 ta turkum nomini yozing,  yuqoridagi qoidalarga mos ravishda o‘qing.


                      Nazorat uchun savollar:
               1.  O‘simliklar sistematikasi to‘g‘risidagi bilimlarni bilish qay darajada muhim
               deb  o‘ylaysiz?

               2.  Binar nomeklatura nima?
               3.  Nima uchun lotin tili butun jahon ilmiy terminologik til hisoblanadi?
               4.  Lotin tili faqat tabiiy fanlarda qo‘llaniladimi?


                       MAVZU: BOTANIKA  DARSLIKLARIDAGI  SISTEMATIK
                                      BIRLIKLAR  (KATEGORIYALAR)

                      Dars  maqsadi:  Talabalar  (tur,  turkum,  oila,  qabila,  sinf,  bo‘lim,)  ning
               o‘zbekcha  nomlarini  mukammal  o’rganib,  dorivor  o‘simliklar  sistematikasi,
               o‘simliklarning  asosiy  oilalari  va  ularning  vakillarini  tahlil  etish  va  amaliy
               ko‘nikmalar hosil qilish.

                      Identiv o‘quv maqsadi:

                      1.O‘simliklar sistematikasida turlarni binar nomeklatura asosida oilalarini
               aniqlay  oladi.
                      2.Dorivor o‘simliklar lotincha (nomeklatura) nomlarini o‘qish qoidalarini
               biladi.

                      Kerakli  jihoz  va  materiallar:  O‘quv-uslubiy  qo‘llanmalar,  tarqatma
               materiallar,  o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.
                     O‘zbekistonda davlat tilida o‘simliklar dunyosi bilan olib boriladigan ilmiy

               izlanishlar  va  yoziladigan  darslik  hamda  qo‘llanmalar  mazkur  sonlaning
               terminologiyasini, shu jumlada kategoriyalarini (tur, turkum, oila, qabila, sinf,
               bo‘lim,) ning o‘zbekcha nomlarini mukammal ishlab chiqishni ayni zamonning

               botaniklar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekanligini taqozo etmoqda.
               Davlat  tilida  botanikaga  oid  yirik  ensiklopedik,  lug’atlarning  yaratilmaganligi
               o‘simliklarga bag’ishlab o‘zbek tilida nashr etilayotgan, ayniqsa ilmiy ommabop

               asarlarda,  ba’zi  bir  maqolalarda,  hamda  darslik  va  qo‘llanmalarda
               chalakashliklarga  yo‘l  qo‘yilib,  termin  va  kategoriyalarning  nomlari  buzib





                                                                                                            19
   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24