Page 20 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 20

yozilmoqda.
                     Bulardan tashqari O‘zbekistonda uchraydigan o‘simlik tur va turkumlarining

               ko‘pchilikka  manzur  bo‘ladigan  botanika  nomenkulaturasi  qoidalariga
               asoslangan o‘zbekcha nomlarining еtarli emasligi bir tur yoki turkumga mansub
               o‘simliklarning bir nechta nomlar bilan atalib ketishiga sabab bulmoada.
                     Ta’kidlash  joizki,  Respublikamizda  botanika  fanining  taraaqiyoti  kurs

               jihatdan  shu  soha  terminologiyasining  mukammal  ishlab  chiqilganligi  bilan
               belgilanadi. Shuning uchun bu mavzu o‘ziga xos maxsus tadqiqotlarni talab etadi.
               Biz  o‘zbek  tilida  nashr  etilgan  botanikaga  oid  asarlardagi  terminlarni  tahlil

               qilmoqchi emasmiz.
                    Aksincha,  mavjud  lug’atlardagi  fikrlarni  quvvatlagan  holda  O‘zbek  tilida
               nashr etilgan "Botanika" darsliklarining yuksak o‘simliklar sistematikasiga oid

               bo‘limlarida  yo‘l  qo‘yilgan  ayrim  kamchiliklarni  aniqab,  ularni  bartaraf  etish
               yo‘llarini topishga harakat qilish bilan birga, ayrim terminlarning yozilishiga  o‘z
               fikr  va  muloxazalarimizni  bayon  etmoqchimiz,  xolos.  O‘zbekcha  botanika

               terminlari  va  ularning  ilmiy  asoslari  hamda  turli  darajadagi  kategoriyalarning
               nomlari  to‘la  to‘kis  ishlab  chiqilmaganligi  sababli  nashr  etilgan  darsliklarda
               birliklarning nomlarini yozishda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
                    Ana shu xilma xillikni qiyoslash maqsadida o‘zbek tilida turli vaqtlarda nashr

               etilgan botanikaga oid darsliklar (asosan L.I. Kursanov va b.( S.S. Sahobiddinov,
               V.A.Burigin  va  ,  I.Hamdamov  va    Maxkamovalarning  darsliklari)  ga  hamda

               termin  va  o‘simliklarning  nomlari  haqida  yozilgan  asarlarga  murojat  qilindi.
               Darsliklar turli oliy o‘quv yurtlari uchun yozilganligi tufayli bir —biridan hajmi,
               ularda keltirilgan kategoriya va taksonlarning yozilishi va soni jihatidan ancha
               farq qiladi.

               Topshiriqlar:

               1.  O’zbekcha botanika terminlari  haqidagi nazariy bilimlar bilan tanishing
               2.  Sistematik birliklarni lotincha nomlari bilan ketma-ketlik asosida aytib
               bering.
               3.  Botanika  nomenklaturasi  qoidalariga  muvofiq  sistematik  birliklarni

               ifodalovchi maxsus qo’shimchalarni daftaringizga yozib  oling.
               4.  Sistematik birliklar va ularning birliklarini ilk bor kimlar ishlab chiqqanni
               daftaringizga yozib oling.


                      Nazorat uchun savollar:

               1. O‘simliklar sistematikasi to‘g‘risidagi bilimlarni bilish qay darajada muhim
               deb  o‘ylaysiz?





                                                                                                            20
   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25