Page 22 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 22

„Qirqquloqsimonlar",        „Paporotniksimonlar"        deb,     „Голосеменные"         —
               „Yalang'och  urug'lilar",  „Ochiq  urug'lilar"  deb,  „Покры  тосеменные"  yoki

               „Цветковые" — „Yopiq urug'lilar", „Gulli o‘sim  liklar" yoki „Yopiq urug'lilar"
               deb  yozilgan.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  ba’zi  darsliklarda  bo‘limlardan
               ayrimlarining o‘mi almashtirib yuborilgan yoki umuman keltirilmagan.
                            Darsliklarda  sinflarning  nomlarini  yozishda  ham  bir-biriga  mos

               kelmaydigan  birliklar  va  qo‘shimchalar  (affikslar)  ishlatilgan.  Mazkur
               www.ziyouz.com  kutubxonasi  birliklarni  yozishda  mualliflar  turlicha
               manbalardan  foydalangan  yoki  mustaqil  ijod  qilgan,  degan  xulosaga  kelish

               mumkin. Yirik sistematik birliklarni qiyoslash va tahlil qilish S.S.Sahobiddinov
               qo‘llanmasining  ikkinchi  jildida sinfdan keyin  ,,singarilar“  qo‘shimchasi bilan
               o‘n bir marta keltirilgan „tana” so‘zining qanday maqsadda keltirilganligi, uning

               filogenetik sistematikada tutgan o‘rni, etimologiyasi juda ham aniq emasligini
               ko‘rsatdi.  Sinfdan  keyingi  birlik  sinfchani,  undan  keyingi  o‘rinda  turadigan
               qabilalar (tartib)ni yozishda ham xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bulardan tashqari,

               bir darslikdagi qabila boshqa darslikda sinf yoki sinfcha deb olingan. Darsliklarda
               oilalarning  lotincha  va  o‘zbekcha  nomlarini  yozishda  ayrim  chalkashliklar
               mavjud.  Mana  shulardan  ayrimlari:  Torondoshlar  oilasi  Otquloqlar  yoki
               Grechixalar,  Yalpizdoshlar  oilasi  Labguldoshlar  yoki  Yasnotkadoshlar,

               Loladoshlar       oilasi    Liliyadoshlar,     Ra’nodoshlar       oilasi    Rozadoshlar,
               Atirguldoshlar,  Ra’noguldoshlar  deb  yozilgan.  Darsliklardagi  munozarali

               masalalardan yana biri yirik taksonlarga beriladigan qo‘shimcha (affiks)lar bo‘lib,
               ular  ham  qayta  ko‘rib  chiqishni  va  har  bir  birlik  uchun  muayyan  qo‘shimcha
               ishlatishni taqozo etadi. Botanika nomenklaturasi qoidalariga muvofiq, sistematik
               birliklarni  ifodalovchi  maxsus  qo‘shimchalar  ishlab  chiqilgan.  Unga  muvofiq

               oilaga  lotincha  „aceae",  qabilaga  —  ,,Ies“  ,  sinfga  —  „opsida",  bo‘limga  —
               „phyta"  qo‘shimchalari  berilgan.  Akad.  Q.Z.  Zokirov  bularni  o‘zbek  botanika
               terminologiyasiga  tatbiq  etgan.  Ta’kidlash  joizki,  1966-  yili  nashr  etilgan

               Q.Z.Zokirov  va  X.Jamolxonovlarning  „O‘zbek  botanika  terminologiyasi
               masalalari" nomli asarida sistematik birliklar va ularning qo‘shimchalari ilk bor
               ishlab chiqilgan. Unda bo‘limga toifa, sinfga simonlar, lilar, qabila (tartibga)ga

               dor, namolar, oilagadoshlar, guldoshlardan iborat qo‘shimchalar qo‘shib yozish
               tavsiya etilgan. Bu birliklar respublikada o‘zbek tilida yozilgan darslik, qo‘llanma
               va risolalarda hamda  O‘zbekiston milliy ensiklopediyasidan puxta o‘rin olganiga

               qaramay, botanikaga oid ba’zi darslik va ommabop asarlarda unga jiddiy e’tibor
               berilmadi.  Natijada  bitta  qo‘shimcha  boshqa  birliklarga  ham  tatbiq  etildi.
               Darsliklardagi  birliklar  va  ularning  qo‘shimchalaridan  ko‘rinib  turibdiki,  eng





                                                                                                            22
   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27