Page 23 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 23
katta sistematik birlik—bo‘limga akad. Q.Z.Zokirov tavsiya etgan qo‘shimcha
(affiks) toifa birorta ham darslikda qo‘llanilmagan. Sinf uchun tavsiya etilgan
ikkita qo‘shimchadan bittasi — simonlar bo‘lib, qabila (tartib) va oilachalardan,
sinfning ikkinchi qo‘shimchasi — lilar esa sinf, qabila va oilachalarning nomlarini
www.ziyouz.com ko‘tubxonasi yozishda qo‘llanilgan. Xuddi shularga o‘xshash
oiladagi guldosh qo‘shimchasini ham bir qator katta birliklarga qo‘shib
yozilganligini ko‘rish mumkin. Qabila (tartib) uchun belgilangan namo va dor
qo‘shimchalari o ’rnida lar, lilar, gullilar, kabilar, guldoshlar, doshlar
qo‘llanilgan. Oilalar uchun tavsiya etilgan doshlar va guldoshlar qo‘shimchalari
o‘rnida ko‘pchilik darsliklarda lar, gullilar va guldoshlar deb yozila boshlandi.
Yana bir darslikda oilalar doshlar (magnoliyadoshlar), guldoshlar
(yong'oqdoshlar) va lar (ariumlar oilasi, nashalar oilasi, Tutlar oilasi)
qo‘shimchalari bilan yozilgan. Shu mualliflar guldoshlar, simonlar va lar
qo‘shimchalarini kichik (kenja) oilalar uchun ham qo‘llashgan. Oraliq birliklar va
ularga berilgan qo‘shimchalarni yozishda ham xatoliklar mavjud. Masalan, bir
muallif cha qo‘shimchasini qo‘shsa, boshqasi kenja so‘zini qo‘shib birlik tuzgan,
hatto bir muallifning o‘zi ikkalasini ham ishlatgan. Yuqorida bayon etilganlarni
tahlil qilib, sistematik birliklar va ularga byeriladigan qo‘shimchalar (affiks)ni
tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak, degan savolga qisqacha to‘xtalib
o‘tmoqchimiz. Avvalo, mavjud darsliklarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni
bartaraf etish hamda birliklarning nomlarini yozishda, birinchi navbatda akad.
Q.Z. Zokirov, М.M. Nabiyev, O‘.P. Pratov, X.A. Jamolxonovlarning „Ruscha-
o‘zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug'ati" (1963), Q.Z. Zokirov,
X.A. Jamolxonovlarning „O‘zbek botanika terminologiyasi masalalari" (1966),
O‘. Pratov, T. Odilovlarning „O‘zbekiston yuksak o‘simliklari oilalarining
zamonaviy tizimi va o‘zbekcha nomlari" (1955), O‘. Pratov, M. Nabiyevlarning
„O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi" (2007) nomli asarlariga
rioya qilishni tavsiya etmoqchimiz. Kategoriyalardagi qo‘shimchalar yuksak
o‘simliklarga oid birliklarda bir xilda yozilishi lozim. S.S. Sahobiddinov kitobida
keltirilganidek, gulsiz (sporali) o‘simliklarga mansub ajdodlar (sinflar) kabilar,
gulli o‘simliklarga xos ajdodlarga gullilar deb qo‘shimchalar berishni talabga
javob bera olmaydi, deb o‘ylaymiz. Shu bois gullilar qo‘shimchasini birlik
sifatida qo‘llamaslikni tavsiya etamiz. Gulli o‘simliklarga mansub yirik
sistematik birliklarni yozishda akad. A.L. Taxtadjyanning „Система
магнолиофитов" va „Divyersity and Classification of Flowyering Plants" nomli
1987- va 1997- yillarda nashr etilgan monografiyalariga amal qilishni maqsadga
muvofiq deb bilamiz. Ana shu kitoblarda o‘simliklarning sistematikasi,
23