Page 27 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 27
ular yon novdalari (telom)ning o‘zgarishidan kelib chiqqan.
Dala qirqbo‘g‘imi ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Tashqi tuzilishi va spora hosil
qilishidagi o‘ziga xosligi bilan boshqa yuksak sporali o‘simliklardan keskin
farqlanadi. U daryo yoqalarida, ariq bo‘ylarida ba’zan esa ekin maydonlarida
begona o‘t sifatida o‘sadi. Tik o‘suvchi, balandligi 50 sm ga qadar. Unda
kraxmalga boy tuganaklar va ko‘p sonli ildizlar mavjud. Ildizpoyasi еr ostida 0.5-
1 m gacha chuqurlikda joylashgan. Ildizpoyasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘lib, har
qaysi bo‘g‘imdan ildiz taraqqiy etadi. Ildizpoyadan tugunaklar ham xosil bo‘lib,
unda oziqa modda to‘planadi va vegetativ ko‘payish vazifasini bajaradi.
Ildizpoyalaridan ikki xil novdalar (poya) hosil bo‘ladi. Ularning biri bahorgi
xlorofillsiz, qo‘ng‘ir rangli, spora saqlovchi novdalar, ikkinchisi yozgi yashil
rangli, assimilyatsiya qiladigan novdalardir.
Qirqqulodoshlarning hozirgi paytda еr sharida 300 ga yaqin turkumga
mansub, 10 mingdan ziyod turlari tarqalgan. Bular eng qadimgi o‘simliklar
hisoblanadi. Chunki qirqquloqlarning bizgacha еtib kelmagan vakillari devon
davrida (425-370 mln. yil oldin) qirilib ketgan. Ular qadimgi qirqbo‘g‘imtoifa
o‘simliklar bilan bir vaqtda o‘sib, o‘rmonlar hosil qilgan.
Qirqquloqlar tog‘larda, tekisliklarda, botqoqliklarda va suvda uchraydi.
Qirqqo‘loqlarda ham qirqbo‘g‘imsimonlardagidek ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy
etgan. Ofioglossdoshlar (Ilontildoshlar) (Ophioglossaceae) va ayrim qadimgi
primitiv guruhlarida syeret, yo‘g‘on ildizlar uchraydi. Daraxtsimon
qirqqo‘loqlarda tipik ildizlardan tashqari poyasining asosida havo ildizlari ham
taraqqiy etgan bo‘ladi.
Ishning borishi
Amaliy ish erkak paporotnik tuzilishini o‘rganishdan iborat. Bu maqsadda
o‘simlik ustida morfologik analiz o‘tkazilib, uning tavsifi keltiriladi.
27