Page 31 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 31

O‘rta Osiyoda tarqalgan. Shimoliy Amyerikada tarqalgan еl turlarining ayrimlari
               50-60 metrdan to 80                    metrgacha balandlikka ega. Ular 500-600 yil yashaydi. Yel

               daraxti shoxlari yanvar oyida o‘tkaziladigan yangi yil archa bayramida bezatish
               uchun ishlatiladi.
                      Sarvdoshlar-  Cupresaceae  oilasiga  19  ta  turkum  130-150  ga  yaqin  tur
               kiradi, ular har  ikkala yarim sharda ham tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli

               daraxt va butalar bo‘lib, ularda smola yo‘llari bo‘lmaydi. Barglari ninasimon yoki
               tangachasimon  novdada qarama - qarshi yoki halqasimon o‘rnashgan. Erkaklik
               (changchi)  qubbalari  yakka  holda  bo‘lib,  mikiosporafillari  qalqonsimon,

               mikrosporangiylari  2-6  ta.  Erkaklik  gametofiti  reduksiyalangan.  Urg‘ochi
               (urug‘chi)  qubbasida  qoplag‘ich  tangacha  barg  va  urug‘  tangachasi  qo‘shilib
               o‘sib, bittaga aylangan, qoplag‘ich tangacha bargi yog‘ochlangan yoki yumshoq

               etli (archalar)dir.
                      Sarv (kiparis) - Cupressus turkumi 15-20 ta turga ega, balandligi 30-50 m,
               bir uyli daraxt va buta o‘simlik.  O‘rta Yer dengizining atrofida, Himolay, Janubiy

               Xitoy va Amyerikada tarqalgan. Qrim, Qora dengiz qirg‘oqlarida, ayrim turiari
               O‘zbekistonda ham manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.  Doimiy  yashil sarv -













               30 m li, 2000 yilgacha                                             umr ko‘radi. O‘zbekistonda piramidasimon sarv Toshkent,





               Samarqand, Farg‘ona vodiysida uchraydi.
                      Tuya (Thuja) turkumi  bir  uyli  daraxt va butalardan iborat bo‘lib, 6 turga
               ega.  Shulardan G‘arb  tuyasi  (Thuja  occidentales)  asosan  Xitoyda  tarqalgan.
               Manbalarda  ko‘rsatilishicha, Sharq tuyasi sarv O‘rta Osiyoda muqaddas daraxt
               sifatida o‘stirilgan.                                                         Archa - Junipyerus turkumiga 14 ta tur kiradi.   MDH
               florasida  21  turi  uchraydi.  Shundan  3  ta  turi  Zarafshon  archasi  -  Jynipyerus
               zezavschanica yarim sharsimon va Turkiston archasi (Jynipyerus turkistanica)
               O‘zbekistonning  tog‘li  hududlarida  tarqalgan.  Bundan  tashqari,  eng  chiroyli
               archalardan  Virgin  archa  (J.vyerginia)  bo‘yi  15-30  m  balandlikda,  manzarali
               o‘simlik  sifatida  respublikamizning  shaharlarida  o‘stirilmoqda.  Qrim  va
               Kavkazning  janubiy  qirg‘oqlarida  o‘stiriladi,  yog‘ochi  еngil,  yumshoq  bo‘lib,
               qalam,  yog‘ochsozlikda  ishlatiladi.  Zarafshon  sarv  archalaridan  O‘rta Osiyo
               xalqlari qadim zamonlardan pistako‘mir olishda ishlatganlar.
                      Topshiriqlar:
                      1.    Ephedraceae,  Pinaceae,  Cupressaceae oilalari vakillarini sistematik
               tahlil                                                           q                          iling.

                      2.    Qizilchadoshlar  (Ephedraceae)  oilasining  o‘ziga  xos  morfologik
               va  biologik                                              hususiyatlarini yozing.
                      3.    Qarag‘aydoshlar  (Pinaceae)  oilasining  o‘ziga  xos  morfologik  va





                                                                                                            31
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36