Page 33 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 33

Identiv o‘quv maqsadi:

                      1.     Byerbyeridaceae  Juss  va  Ranunculaceae  Juss  oilasi  turlari
               nomeklaturasini tahlil                                 qila oladi.

                      2.     Zirkdoshlar  va  Ayiqtovondoshlar  oilasi  vakillarini  morfologik  va
               biologik   hususiyatlarini biladi.

                      Kerakli jihoz va materiallar: Byerbyeridaceae Juss va Ranunculaceae
               Juss  oilalari  vakillari  gerbariy  na’munasi,  rasmlar,  o‘simliklar  aniqlagichi,
               taqdimot.

                      Topshiriqlar:
                      1.    Byerbyeridaceae  Juss  va  Ranunculaceae  Juss  oilalari  vakillarini
               sistematik tahlil qiling.

                      2.    Zirkdoshlar (Byerbyeridaceae Juss) oilasining o‘ziga xos morfologik
               va biologik hususiyatlarini yozing.

                      3.    Ayiqtovondoshlar  (Ranunculaceae  Juss)  oilasining  o‘ziga  xos
               morfologik va biologik hususiyatlarini yozing.
                      4.    Ushbu ikki oila vakillarining tarqalish hududlari bilan tanishing.

                      5.    Respublikamizda  farmatsevtika  sanoatida  qo‘llaniladigan  ikki  oila
               turlari dorivorlk hususiyati haqida ma’lumot  to‘plang.

                      6.    6-7 rasmlardagi o‘simliklar nomini toping.
                      Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
                      Zirkdoshlar  (Byerbyeridaceae  Juss)-  ikki                 urugʻpallalilar  yoki
               magnoliyasimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Ko‘p yillik  oʻt, buta yoki

               daraxtlar.  Guli  ikki  jinsli,  gulqoʻrgʻoni  sariq,  bir  necha  (4—5)  qator boʻlib
               joylashgan, har bir qatorda 3 tadan gultojbarg bor. Koʻpchilik Zirkdoshlarning

               gulida tojbarg bilan changchisi orasida shiradon — staminodiy boʻladi. Mevasi
               rezavor, baʼzan koʻsakcha yoki yongʻoqcha shaklida. Asosan, Shimoliy  yarim
               sharning moʻtadil                              hududlarida o‘sadi. Zirkdoshlarning bargi tarkibida alkaloidlar,
               ayniqsa, byerbyerin koʻp.                          Ularning mevalari nordon, mazali boʻlganligidan turli

               xil  taomlarga,  jumladan,  palovga  solinadi,  ovqatni  xushtaʼm  qiladi.  Qora  zirk
               keng isteʼmol qilinganligi uchun uning tusiga nisbat berib "qoraqand" deb ataladi.
               Tabobatda  jigar  xastaliklarini  davolashda,  isitmani  pasaytiruvchi,  ich  ketishni

               toʻxtatuvchi va yurakni mustahkamlovchi vosita sifatida qoʻllaniladi.
                      Ayiqtovondoshlar  (Ranunculaceae  Juss)-  ikkipallalilar  sinfining
               ayritojlilar  kenja  sinfiga  mansub  o‘simliklar  oilasi.  Oila  vakillari  asosan  ko‘p

               yillik (ba’zilari bir yillik) o‘t.  Buta yoki chala buta turlari ham uchraydi. Barglari
               ketma-ket (ba’zi turlarida qarama-qarshi) o‘rnashgan, ko‘pincha yon bargchasiz,




                                                                                                            33
   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38