Page 26 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 26
haqiqiy o‘tkazuvchi to‘qimalar bilan ta’minlangan. Shuning uchun ham
paporotniksimonlar haqiqiy yuksak o‘simliklar qatoriga kiritilgan. Ularning
rivojlanish siklida gametofit va sporofit nasllarga, aksariyat hollarda, mustaqil
hayot kechiruvchi organizm sifatida qaraladi. Sporofit ancha murakkab
morfologik organlar – ildiz, poya va barg singari vegetativ organlarga ega.
Gametofit esa uncha katta bo‘lmagan o‘simta deb yuritiladigan tallomdan iborat.
Sporofit sporangiylarida sporalar hosil bo‘ladi. Gametofitda (o‘simta)
arxegoniy va antyeridiy shakllanadi. Bir bo‘limga umumiy qiyofasiga ko‘ra
birlashtirilgan paporotniksimonlar o‘zining morfologik tuzilishi, poya va barg
ontogenezi va ko‘payishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ajdod va qabilalardan
iborat.
Dars maqsadi: Qirqbo‘g‘imdoshlar (Equisetaceae) va Qirqquloqdoshlar
(Athyriaceae) oilasi turkumi turlari nomeklaturasini tahlili va o‘rganish qoidalari
va ularning morfologik, biologik shuningdek dorivorlik xususiyatlari haqidagi
yangi bilim, ko‘nikma, malakani shakillantirish.
Identiv o‘quv maqsadi:
1. Equisetaceae, Athyriaceae oilasi turlari nomeklaturasini tahlil qila oladi.
2. Qirqbo‘g‘imdoshlar va Qirqquloqdoshlar oilasi vakillarini
morfologik va biologik xususiyatlarini biladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Equisetaceae, Athyriaceae oilalari vakillari
gerbariy na’munasi, rasmlar, o‘simliklar aniqlagichi, taqdimot.
Topshiriqlar:
1. Equisetaceae, Athyriaceae oilalari vakillarini sistematik tahlil qiling.
2. Qirqbo‘g‘imdoshlar (Equisetaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik va
biologik hususiyatlarini yozing.
3. Qirqquloqdoshlar (Athyriaceae) oilasining o‘ziga xos morfologik va
biologik hususiyatlarini yozing.
4. Qirqbo‘g‘imdoshlar (Equisetaceae) va oilasining tarqalish hududlari bilan
tanishing.
5. Qirqquloqdoshlar (Athyriaceae) oilasining tarqalish hududlari bilan tanishing.
6. Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan ikki oila turlari
dorivorlk hususiyati haqida ma’lumot to‘plang.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar poyasining bo‘g‘im va
bo‘g‘im oralig‘idan iborat ekanligi bilan xarakterlanadi. Bo‘g‘imlarida mayda
barglar o‘zining tub qismi bilan halqa shaklida o‘rnashgan. Hozirgi turlari еr
ostida gorizontal va vertikal o‘suvchi ildizpoya hosil qiladi. Barglari juda kichik,
26