Page 16 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 16
to‘plami yoki boshog‘i alohida yig‘ilib spirtga solib qo‘yiladi. Shunday qilinsa bu
organlar o‘z tabiiy holatini uzoq vaqt saqlaydi.
Bu maqsadlar uchun dorixonada ishlatiladigan 25-50 ml xajmdagi
shishachalardan foydalanish mumkin. Spirtli shishachalarga solingan o‘simlik
organlari probka bilan mustahkam qilib berkitilgan bo‘lishi kerak. Bundan
tashqari teriladigan materiallarning har bir turi (to‘pgul, boshoq va hokazo)
alohida-alohida xaltachalarga solingan, ustida etiketkasi bo‘lishi zarur.
Ishni mustaqil ravishda bajarish shu fanga taalluqli adabiyotlar bilan
tanishishdan boshlanadi. Shundan so‘ng mavzuga oid qo‘llanma bilan tanishiladi.
Talaba berilgan vazifani bajarar ekan, ishning boshlanishi, uni bajarilishi haqidagi
ma’lumotlarni o‘z kundalik daftariga yozib borishi va nazorat savollariga javob
tayyorlashi zarur.
Bajarilgan mustaqil ishlar qatoriga etiketkasi to‘liq va to‘g‘ri yozilgan
gerbariy materiallari ilova qilinadi.
LOTIN ALFAVITI
Harflar Harflar nomi
Aa A
Bb Be
Cc Se
Dd De
Ee E
Ff Ef
Gg Ge
Hh Ash
Ii I
Jj Je
Ll El
Kk Ka
Mm Em
Nn En
Oo O
Pp Pe
Qq Kyu
Rr Yer
Ss Es
16