Page 12 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 12
Italiyalik botanik Andrea Sezalpin birinchi
bo‘lib, ilmiy asosda o‘simliklar dunyosining
sistemasini yaratiadi (1-rasm). U 1583 yilda nashr
etilgan “O‘simliklar haqida 16 kitob” nomli
asarida o‘simliklarning 1500 turini tavsiflaydi.
Italiyalik botanik Andreo Sezalpin o‘z sistemaisda
o‘simliklar dunyosini avvalo ikki bo‘limga 1.
Yog‘ochli o‘simliklarga(daraxt va buta), 2. Chala
buta va o‘t o‘simliklarga bo‘ladi. Sezalpin
sistemasi sun’iy sistema bo‘lishiga qaramay
1-rasm. Andrea Sezalpin sistematikaning tarxiy taraqqiyotida muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ingliz botaniklaridan John Rey “O‘simliklar
tarixi” nomli asarida birinchi marta o‘simliklar
dunyosini sporali va gulli o‘simliklarga bo‘lib
gulli o‘simliklarni esa bir pallalilar va ikki
pallalilarga ajratadi (2-rasm). Ular o‘z navbatda 33
sinfga bo‘linadi. U birinchi bo‘lib “tur” terminini
kiratadi. Shved olim Karl Linney va uning
ishlarida ma’lum darajada takomillshtiradi.
Sitematika soxosida dastlabki ishi 1735 yildi nashr
etilgan. ”Tabiatning sistemasi” nomli asarida qisqa
bayon etilgan. Linney o‘z asarlarida o‘simliklar
2-rasm. John Rey dunyosining sitemasini to‘la to‘kis beradi, o‘sha
zamonda ma’lum bo‘lgan 10000 chamasida o‘simlik turlarini binar
nomenakulturani qo‘llagan xolda tasnif etadi.
Linney sitematikaga 1) tur ong maxsuloti bo‘lmay, u tabiatdagi o‘ektiv xodisa
ekanligi; 2) tur tirik tabiatning asosiy yashash formasi, uning real va boshlang‘ich
elementar birligi ekanligini belgilash; 3) o‘simliklarni tasvir etish texnikasini
aniqlashni;
4)sistematikaga binar namenakulturani, ya’ni aniq
nomlarini ikki so‘z bilan avlod va tur nomlarini
qo‘shib birga atashini; 5) amalda foydalanishga
qulay bo‘lgan mavjud o‘simliklarni guruhlarga
bo‘lishni kiritib, sun’iy sistemani yaratadi. Linney
sistemasi guldagi otalikning soniga, ularning gulda
qanday joylashganligiga asoslngan.
Linney o‘simliklar dunyosini changlarning
soniga qarab, 24 sinfga, sinflarni o‘z navbatida,
3-rasm. Karl Linney tartib, avlod va turlarga bo‘ladi.
12